Kiriş imtihonlari yangi test savollari asosida ötkaziladi
Keyingi yilda kiriş imtihonlari yangi test savollari asosida ötkaziladi
Prezident qaroriga köra, 2021-yil 1-yanvardan boşlab davlat OTMlariga kiriş uçun test sinovi topşiriqlarini tuziş va ekspertizadan ötkazişning yangi tartibi joriy qilinadi, unga muvofiq:
👉 test sinovi topşiriqlari davlat taʼlim standartlari va öquv dasturlari asosida tuziladi;
👉 test sinovi materiallarining maʼno-mazmuni umumiy örta taʼlim tizimidagi fanlarning öquv dasturlariga moslaştiriladi;
👉 abituriyentlarning nazariy bilimlarni özlaştiriş darajasi bilan birga mantiqiy fikrlaşi, masala va misollarni bajara oliş qobiliyati va taʼlimning keyingi bosqiçiga tayyorgarligini baholaydigan, kompetensiyaga asoslangan test topşiriqlari işlab çiqiladi;
👉 amaldagi ABITUR dasturini takomillaştiriş hisobiga yangi dasturiy mahsulot işlab çiqiladi hamda 2021/2022 öquv yili uçun saralaş test sinovlari yangi test savollari asosida ötkaziladi.
👉 @xushnudbek 👈

