Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

OTMlarga kiriş test sinovlari boşlanişi munosabati bilan murojaat

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Barça yurtdoşlarimizga murojaat!

Bugun, 29-iyul, duşanba.

Respublikamizdagi barça OTMlarga kiriş uçun test sinovlariga start beriladi.

Fursatdan foydalanib, Sizlarga murojaat qilmoqçiman. Köpning duosi ötadi deyişadi. Şunday kunlarda duo qilaylik:

• ilohim, joriy yilda haqiqatda yaxşi öqigan, öz ustida işlagan, bilim oliş uçun maşaqqat çekkan abituriyentlar talaba bölişsin;

• ota-onasining puliga yoki mansabiga işongan, qöliga bir marta ham kitob uşlamagan, kallasi xumday böm-böş, qinğir yöllar bilan öqişga kirmoqçi bölgan takasaltanglarning işi yurişmasin, imtihondan yiqilsinu, lekin qalbida ilm olişga bölgan iştiyoq paydo bölsin;

• pora evaziga millat kelajagini ham, vijdonini ham örtaga tikib, sotib yubormoqçi bölgan masʼullar, mömay daromad evaziga qinğirliklarga tayyor bölgan köçadagi «olğirlar»ning işi teskarisidan kelsin, hammasi jazosini olsin;

• taʼlim tizimini rivojlantiriş uçun, adolatni taʼminlaş uçun jon-jahdi bilan kuraşayotgan, keçasiyu kunduzi tinim bilmay mehnat qilayotgan mansabdor şaxslarning, şu işga boş qöşayotgan barça xizmatçilarning kuçiga kuç qöşilsin, ğayratiga ğayrat. Mana şunday vijdonli rahbarlar, halol mutaxassislar taʼlim tizimida köpayaversin.

Omiyn!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek