Morgenshtern sovg‘a qilgan Mercedes bojxonasi qanchaga tushadi
Reper Morgenştern Mercedesning bojxona tölovi qançaga tuşadi?
Rossiyalik reper Morgenşternning «Mersedes»ini yutib olgan buxorolik yigit avtomobilni ololmayotgani haqida eşitgan bölsangiz kerak.
Bojxona qömitasi Kun.uzga uşbu avtomobilning Özbekistonga kirib kelişi uçun qança tölov amalga oşirilişi kerakligini maʼlum qilibdi.
Qiymati 4 mln rubl (52 000 AQŞ dollari atrofida) bölgan, Mercedes-Benz E-class rusumli, 184 ot kuçiga ega, 4 tsilindrli, dvigatel hajmi 2 litr, 2019-yilda işlab çiqarilgan, kelib çiqiş sertifikatiga ega avtomobil uçun bojxona tölovlari quyidagiça bölarkan:
Uşbu «Mersedes» TIF TNga muvofiq 8703 23 198 1 kodi bilan tasniflangan taqdirda, amaldagi qonun hujjatlariga asosan bojxona qiymatidan 30 foiz hamda dvigatel hajmining har bir sm3 uçun 2,5 AQŞ dollari miqdorda import boji, 15 foiz miqdorda QQS, bojxona qiymatidan 0,2 foiz bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğim, BHMning 120 barovari miqdorida utilizatsiya yiğimi stavkalari qöllanilarkan.
Agar maşinaning bojxona qiymati 538 mln 713 ming sömlik summa asosida bojxona tölovlari hisoblanganda, dastlabki hisob-kitoblarga asosan undirilişi mumkin bölgan miqdor 353 mln 801 ming sumni taşkil etadi. Yaʼni buxorolik yigit 538 mln sömlik öşa Mersedesni sovğa sifatida olişi uçun davlatga 353 mln söm tölaşi kerak böladi.
Agar tovarning kelib çiqişiga doir maʼlumotlarda nomuvofiqlik tasdiqlansa, bojxona bojining stavkasi ikki baravar orttirilgan holda hisoblanarkan. Bunda dastlabki hisob-kitoblarga köra, bojxona tölovlarining miqdori 598 mln 959 ming söm bölişi aytilgan. Yaʼni mabodo kelib çiqiş sertifikati bölmasa, unda davlatga 598 mln söm tölanadi.
Xuddi şu davlatda Hukumat tomonidan tadbirkorlik subyektlari bölgan qaysidir aksiyadorlik jamiyati va MÇJ uçun maxfiy hujjatlar bilan bojxona tölovlarida imtiyoz berib qöyilgan va bu narsa xalqqa oşkor qilinmaydi. Ajoyib diyor.
👉 @xushnudbek 👈


