AQŞ va Özbekistondagi avtomobil narxlari qiyosi

Matn15-dekabr, 2020, 09:182 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Öqing, faqat yiğlamang

Grin-kard yutib, hozir AQŞda yaşayotgan döstim maşina olibdi. Toyota RAV4 XLE 2021 (rasmi pastda 👇).

Maşina olsa nima böpti, şu ham yangilikmi, deysizmi?

Meni maşina emas, uning narxi va Toyota kompaniyaning mijozlarga qilayotgan taklifi qiziqtirib qöydi.

Maşinaning narxi 29 ming AQŞ dollari ekan. Lekin kompaniya uni heç qanday foizsiz va qöşimça şartlarsiz bölib tölaş orqali sotibdi. Döstim boşlanğiç tölov sifatida 2 ming dollar (maşina narxining 6,9%i) tölabdi. Endi har oy 450 dollardan 60 oy tölar ekan.

Endi şuni bizda tasavvur qilib köring.

Masalan, Nexia-3 avtomobilining 4-pozitsiyasi 109 mln söm. Şunda boşlanğiç tölov 7 yarim mln söm böladi. Har oy 1 mln 691 ming sömdan 60 oy bölib tölanadi.

Yoki Malibu Turbo 311 mln söm. Şunda mabodo Malibu olmoqçi bölsangiz, dastlab 22 mln söm tölaysiz, keyinçalik 4 mln 800 ming sömdan 60 oy tölaysiz.

Qalay, zör-a?

Şu örinda baʼzi savollar yuzaga keladi:

❓Özbekistonda ham şunaqa bölişi mumkinmi yoki bu utopiyami?

✅ JAVOB: Albatta bölişi mumkin!

❓ Buning uçun nima qiliş kerak?

✅ JAVOB: Laʼnati monopoliyani bekor qilib, mantiqsiz import bojlarini keskin pasaytiriş yoki butunlay olib taşlaş kerak.

❓ Va oxirgi savol: nima özbek xalqining qulay şartlarda yaxşi maşina minişiga haqqi yöqmi?

✅ JAVOB: Haqqi bor albatta, lekin buning uçun Grin-kard yutiş kerak. Özbekistonda özbek xalqi hozirça bunaqa şartlarda maşina mina olmaydi.

Savollarim tugadi. Javoblarim ham.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek