Deputatlar va UzAuto Motors o'rtasidagi kurash haqida

Foto20-avgust, 2020, 12:531 daqiqa0 koʻrish

Bir guruh deputatlarimiz «UzAuto Motors»ga qarşi kuraşni davom ettirişlarini eʼlon qilişdi. Baraka topişsin. Agar 90-yillar boşini hisobga olmasak, har holda uzoooq yillardan buyon deputatlardan bunaqa faollik körmaganmiz.

Lekin şaxsiy fikrimça, biz (şu jumladan deputatlar ham) oqibatlar bilan kuraşyapmiz, sabablar bilan emas. Çunki Özbekistonda avtomobil narxining balandligi — bu oqibat. Buning sababi esa import maşinalarga öta baland boj va tölovlar qöyilgani, «UzAuto Motors»ni monopolistga aylantirilganidir.

Agar biz harakatimizni, kuç-ğayratimizni hamda deputatlik vakolatimizni «UzAuto Motors» maşinalari narxini kamaytirişgamas, balki monopoliyani bekor qilişga, asossiz qöyilgan baland bojxona bojlarini bosqiçma-bosqiç kamaytirişga, bozorda soğlom raqobat muhitini yaratişga qaratsak, öz-özidan muammo butunlay, bir umrga yeçiladi.

Deputatlar nişonni «UzAuto Motors»gamas, Hukumatga qaratişsa, yanada xursand bölardik.

Hozir esa köproq şamol tegirmoni bilan kuraşayotgan Don Kixotga öxşaymiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek