UzAuto Motors asossiz oşirilgan narxlarni qaytarişi lozim
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0“UZAUTOMOTORS” AJ asossiz oşirilgan narxlardagi farqni isteʼmolçilarga qaytarişi lozim
Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Maxsus komissiya tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJga qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş töğrisida bajarilişi majburiy bölgan körsatma berildi. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
“UZAUTOMOTORS” AJga:
Birinçidan, jamiyat tomonidan işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar narxini şakllantirişda tovarning narxiga xomaşyo va materiallarga, yoqilği-energetika resurslariga va haqiqatda amalga oşirilmagan xarajatlarni, amalda yuz bermagan mehnat xarajatlarini va boşqa xarajatlar yoki bajarilmagan işlarni kiritiş orqali monopol yuqori narx qöllanilişi quyidagi harakatlar bilan, jumladan 2020-yil mart oyida tasdiqlangan, bugungi kunda amalda bölgan va isteʼmolçilarga realizatsiya qilingan:
– “Spark” rusumli avtomobil LS M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 002 010 söm va LT A/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 563 704 söm;
– “Nexia 3” rusumli avtomobil LT M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 112 039 söm va LTZ A/T modifikatsiyasi çakana narxidan 3 792 325 söm;
– “Cobalt” rusumli avtomobil LT M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 4 404 493 söm va LTZ A/T modifikatsiyasi çakana narxidan 10 526 707 söm;
– “Gentra” rusumli avtomobil SX M/T modifikatsiyasi çakana narxidan 13 825 248 söm, SX M/T CNG modifikatsiyasi çakana narxidan 13 718 618 söm va CDX A/T Plus modifikatsiyasi çakana narxidan 19 806 932 söm;
– “Damas” rusumli avtomobil DLX modifikatsiyasi çakana narxidan 15 458 984 söm, VAN modifikatsiyasi çakana narxidan 15 746 315 söm va Labo modifikatsiyasi çakana narxidan 13 052 930 söm asossiz kiritilgan xarajatlar çegiriş va uşbu mablağlarni isteʼmolçilarga qaytarişi lozim.
Ikkinçidan, yengil avtomobillarni sotiş böyiça kelgusidan (mazkur qaror qabul qilingandan boşlab) tuziladigan şartnomalar yuqorida qayd etilgan asossiz xarajatlarni çegiriş orqali şakllantirilgan narxlar asosida, yoxud jamiyatning marketing strategiyasidan kelib çiqib yengil avtomobillarning narxlari örtaça 10,29 foizdan kam bölmagan darajada va tannarxdan 942 891 108 031 söm miqdoridagi asossiz xarajatlarni kamaytirişni inobatga olgan holda amalga oşirilişi taʼminlaş.
Jamiyat tomonidan yuqoridagilarni inobatga olgan holda yengil avtomobillarning qayta körib çiqilgan yangi tasdiqlangan narxlari Qömitaga taqdim etiş.
Uçinçidan, jamiyat tomonidan işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar isteʼmolçilarga faqat “UzAvtoSavdo” dasturi orqali tuzilgan şartnomalarning ketma-ketlik navbatiga qatʼiy rioya qilgan holda realizatsiya qilinişini taʼminlaş.
Törtinçidan, eksportga yönaltirilgan avtomobillar eksportga qilinmagan yoki eksportdan qaytgan taqdirda içki bozorga dilerlar orqali sotişda teng taqsimlanişini taʼminlaş.
Beşinçidan, faoliyat yuritayotgan dilerlar va diler sifatida faoliyat yuritiş istagida bölgan barça tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bir xil şartlar qöyilişi taʼminlansin, şuningdek raqobatning çeklanişiga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan harakatlar sodir etmaslik.
Oltinçidan, “Azimavtomotive” MÇJ bilan dilerlik şartnomasidan 10 mlrd söm miqdorida oldindan tölov ötkaziş şarti çiqarib taşlaş.
Yettinçidan, alohida maxsus aksiyaga tuşgan avtomobillarni muddatli tölov asosida sotiş böyiça dilerlardan distribyutorlik şartnomasini tuziş taklifi bildirilganda barça iştirokçilarga teng şartlar asosida şartnoma tuzilişi taʼminlaş majburiyatlari yuklatildi.
Mazkur qaror ustidan bir oy muddatda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi hayʼatiga yoki tegişli maʼmuriy sudga şikoyat qilinişi mumkinligi tuşuntirildi.
👉 @xushnudbek 👈
