Damas va boşqa avtomobillar narxi oşişiga munosabat
Manba:Muhrim / Муҳрим
Damas’ning narxi nega aynan 21 foizga oşirildi? Bunda dollar kursi özgarişi, kommunal tölovlar qiymati oşişi, transport xarajatlari narxi kötarilişining örni qançalik?
Spark’ning narxi nega 10—21 foizga oşirildi? Cobalt’niki-çi, nega uning narxi modifikatsiyasiga qarab 10 foizdan 14 foizgaça kötarildi? «Eng lokalizatsiya qilingan» Nexia’ning narxi 19 foizgaça ösişi böyiça tayinli izoh yöqmi?
Xöp, «sönggi marta avtomobil narxlari özgarganidan buyon dollarning sömga nisbatan ayriboşlaş kursi ösdi, xom aşyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oşdi», yana el qatori QQS tölaşni ham boşlabsizlar, tuşunarli.
Lekin nega Damas’ning narxiga taʼsir qilgan bu özgarişlar Malibu’ning narxiga bir gramm ham taʼsir körsatmagan? Nega? Nega ÖzAvtoMonopolMotorsning bugungi bir tiyinga qimmat bayonotida bu savollarga javob yöq? Nega har bir narx oşişi birma-bir tuşuntirilmagan?
Bayonotingni çiqargan joyingga tiqib ol, deging keladi bu bayonotni öqib. Ikki kun mum tişlab, öylab topgan gaplarini-çi bularning!


