Buxoroda test sinovlari uçun oçiq maydonlar hozirlandi

Albom18-avgust, 2020, 19:502 daqiqa0 koʻrish

#abituriyent

Buxoro viloyat hokimligining xabariga köra, test sinovlari uçun “Buxoro” öyingohida 1 ming 80, “Umid” sport-soğlomlaştiriş markazi stadionida 1 ming 260, “Dilkuşo” tennis majmuasi kortlarida 960 kişiga möljallangan joy hozirlandi.

Xayolimga kelgan fikrlar:

👉 hudud kattaligining hisobiga joriy yilda nazorat qiliş biroz qiyin böladi;

👉 1 oy jazirama quyoş tiğida yoki yomğir ostida parta va stullarga juda jiddiy ziyon yetadi, testdan keyin maktablar bundan foydalana oladimi, yöqmi, Xudo biladi;

👉 mabodo test kuni yomğir yoğib qolsa, öşa smendagi sinovlarning taqdiri nima böladi? Boşqa kunga qoldiriladimi?

👉 yoki test boşlangaç, sinovlarning yarmiga kelib kutilmaganda yomğir yoğib yuborsa, nima böladi? Axir yomğir savollar va javoblar kitobiga ziyon yetkazadi, minglab abituriyentlar qoğozlari bilan birga panaroq joyga olinadimi? Tartibsizlik bölmasmikin?

Umuman olganda joriy yilda ança qiyin böladi. Taşkilotçilar uçun ham, abituriyentlar uçun ham. Noming öçsin pandemiya!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek