UzAuto Motors faoliyatidagi qonunbuziliş alomatlari
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasida "Özavtomotors"ga qanday eʼtirozlar bor?
Deputat Rasul Kuşerbayevning yozişiça, Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan “UZAUTOMOTORS” AJ faoliyatini tekşiriş jarayonida quyidagi qonunbuziliş alomatlari aniqlangan:
Birinçidan, avtomobillarning bazaviy narxini şakllantirişda normalanadigan xarajatlarni, yaʼni butlovçi qism va materiallar narxini oşirib kiritiş;
Ikkinçidan, AJ tomonidan avtomobillarning bazaviy narxini şakllantirişda ötgan yilning 9-oylik hisobot körsatkiçlari inobatga oliş oqibatida normalanmaydigan xarajatlarning oşişi;
Uçinçidan, AJ tomonidan avtomobillarning bazaviy narxini şakllantirişda reklama xarajati va boşqa xarajatlar asossiz kiritilişining narxga taʼsiri;
Törtinçidan, avtomobillarning bazaviy narxini şakllantirişda kreditga boğliq xarajatlarning notöğri kiritilişi kabi omillar narx yuqori şakllanişiga sabab bölgan.
Bundan taşqari, yengil avtomobillarni isteʼmolçilarga realizatsiya qilişda ayrim dilerlarga boşqalariga nisbatan afzal holatga qöyadigan imtiyoz va yengilliklarni beriş, yangi taşkil etilayotgan dilerlar bilan şartnoma tuzişda şartnoma predmetiga taalluqli bölmagan şartlarni qöyiş kabi holatlarni sodir etiş alomatlari aniqlangan. Bu qisqa muddatda sotilgan avtomobillarning aksariyat qismi kam sonli ayrim dilerlar orqali sotilişiga sabab bölgan.
Yana bir masala: “UzAuto Motors” AJ yangi taşkil etilayotgan dilerlik markazlari bilan tuziladigan dilerlik şartnomasiga 10 mlrd söm miqdorida oldindan tölov ötkaziş şartini kiritgan bölib, biroq şu kunga qadar amalda işlab turgan dilerlik markazlari bilan tuzilgan şartnomalarda bunday şartlar mavjud emas. Bu öz örnida yangi iştirokçilarning “bozor”ga kirib kelişida sunʼiy tösiq paydo qilgan.
Yana bir qiziq holat şundaki, maxsus aksiyaga tuşgan avtomobillarni muddatli tölov asosida sotişni “UZAUTO MOTORS” AJ özi taʼsisçiligidagi “Autosanoat Invest” MÇJ orqali amalga oşiriş tizimini şakllantirgan. Bunda boşqa dilerlar töğridan-töğri bu işni amalga oşira olişmay, sunʼiy tösiq qöyilgan.
Bu holatlar atrofliça muhokama etildi. “UZAUTO MOTORS” AJ bu vajlarni tan olmay qöşimça hujjatlar bilan tanişib çiqib, iş mazmuniga taʼluqli materiallarni taqdim etişini bildirib ötdi. Şu sababli işni körişni yaqin kunlarda davom ettirişga qaror qilindi.
👉 @xushnudbek 👈


