Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Nima uçun OTMlarning moliyaviy hisobotlari oşkor qilinmaydi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Nima uçun OTMlarning moliyaviy hisobotlari oşkor qilinmaydi?

Juda köp duç kelamiz, davlat böladimi, nodavlat böladimi, köplab taşkilotlar xalqda paydo bölayotgan noroziliklarga eng avvalo odamlarning özini aybdor qiladi. «Biz qilayotgan işlarni bilmasdan, masalani tuşunmasdan, qilinayotgan özgarişlar mohiyatini töğri anglab yetmasdan, faqat tanqid qilişni bilişadi» degan ayblarni tez-tez uçratamiz.

Ammo aslida ayb öşa taşkilotlarning özida, ular yetarli darajada tuşuntirib bera olmagan, masala mohiyatini xalq tilida keng tarğib qilmagan va eng asosiysi oçiq hamda şaffof maʼlumotlar taqdim qilmagan.

«Ular» loyihasining avvalgi sonida TEAM universiteti rektori Alişer Hasanov ham talabalar kontraktlari atrofida yuzaga kelayotgan noroziliklar haqida gapira turib, aynan şunga urğu berib ötgan (video post oxirida). Yaʼni talabalar tölayotgan kontrakt xarajatni qoplamasligi rost, ammo buni töğri yetkazib bera oliş kerak, maʼnosida.

Yaqinda Hukumat pandemiya munosabati bilan talabalar kontraktiga 10% çegirma eʼlon qildi. Ammo şu çegirmadan keyin ham noroziliklar tinib qolgani yöq, aksinça yana yangi gaplar, yangi vajlar paydo böldi. Buning sababi nima? Sababi "ey, bular özi doim noşukr"ligidami yoki yetarliça oçiq va şaffof maʼlumotlar berilmayotganidami?

Şu çoqqaça OTM rektorlari öz talabalariga moliyaviy xarajatlari haqida maʼlumot berdimi? Qaysi rektor qildi şu işni? Çiroyli (xunuk bölsa ham mayli) taqdimot, diagramma, infografikalar bilan OTM 1 yilda qança topyaptiyu, qança xarajat qilyapti, şuni qançasini talaba tölyaptiyu, qançasini davlat qoplab beryapti, har yili qança foyda yoki qança zarar bilan çiqyapti, şular haqida hisobot taqdim etdimi? Yöq!

❓Nega? Nega taqdim etişmaydi? Nega OTMlar byudjeti, moliyaviy hisobotlari yopiq va sirli?

Axir davlat OTMlari xalq tölayotgan soliqlar hamda talabalar tölayotgan kontraktlar evaziga kun köryaptiku. Ularning moliyaviy hisobotlari bilan tanişişga nafaqat talabalar, balki har bir özbekistonlikning töla haqqi bor. Byudjetdan ajratilayotgan pullar qayoqqa, qanaqa sarflanayotganini bilişga va uni nazorat qilib borişga jamoatçilik 100% haqli!

Şuning uçun yangi öquv yili boşlangunga qadar soliq tölayotgan xalqni, kontrakt tölayotgan talabalarini va albatta özini hurmat qilgan rektorlardan oçiq va şaffof moliyaviy hisobotlarini eʼlon qilişlarini sörayman. «Biz zarar bilan çiqyapmiz, öşançun kontrakt narxi şunaqa» degan umumiy gaplardan çekinadigan payt keldi.

P.S.: oliy taʼlimdagi kontraktlar miqdori masalasidagi pozitsiyam köpçilikka maʼlum. Menga davlat OTMlardagi moliyaviy siyosati yoqmaydi, OTMlarning zarariga işlaşiga esa tiş-tirnoğim bilan qarşiman, garçi bu talabalarga unçalik yoqmasa ham. OTMlar tezroq moliyaviy va akademik mustaqil bölişini, kontrakt narxini xarajatlaridan kelib çiqib özi belgilaşini, hadeb davlat byudjetiga qarab qolmasdan, özi daromad qilişga örganişini, özi topgan pulni erkin işlata olişini, umuman olganda bozor iqtisodiyoti qoidalari va soğlom raqobat muhitida taʼlim sifati kötarilişini istayman.

Tezroq şu kunlar kelişiga tilakdoşman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek