Talabalarning hurmati va taʼlimdagi muammolar haqida
Talabalarning hurmati haqida
Yaqinda bir gap eşitdim. Toşkent Xalqaro Vestminster universiteti rahbariyati talabalardan kelib tuşayotgan köplab taklif va eʼtirozlarni inobatga olib “avtotransportlar turargohi xizmatçisi”, boşqaça aytganda “stoyanşçik” degan yangi xodimni işga olibdi. Bunga sabab universitet atrofida talabalar maşinasini qöyişga qiynalayotgan ekan, şuningdek ular darsga kirib ketganda baʼzan maşinalariga talafot yetayotgan ekan. Şu sababli maʼmuriyat universitet hisobidan qöşimça pul tölab, bitta nazoratçi yollaşga majbur bölibdi.
Xöş, endi xuddi şu vaziyatni özimizning davlat OTMlarida tasavvur qilib köraylik. Talabalar rektorga şunaqa şikoyat qilsa, yaʼni “maşinalarimizni qöyişga qiynalyapmiz, darsga kirib ketganimizda joy torligidan boşqalar maşinalarimizni turtib, ziyon yetkazib ketişyapti, şu muammoni hal qiling” deyişsa, qanday natija bölar edi, deb öylaysiz? Taxmin qilib köraman, bizning rektorlar ham ertasigayoq buyruq çiqarardi. Faqat bu buyruq... öqişga maşina haydab kelişni taqiqlaş haqida bölardi. Maşina bilan kelgan talabalarni darsga kiritmaslik, ularga n/b qöyiş haqida bölardi. Xuddi galstuksiz talabani darsga kiritmaslikka öxşagan ahmoqona qarorlar kabi.
Farqni sezyapsizmi?
Ha, bizda şunaqa. Talabaning qadri yöq. Buning bir neçta faktorlari bor. Bu haqida köp gapiriş mumkin. Baʼzilariga töxtalaman.
👉 Bizdagi taʼlim tizimi şunaqa yölga qöyilganki, unda talabaning roli minimumga tuşirilgan. Ular universitet hayotiga oid qarorlar qabul qilişda mutlaqo iştirok etmaydi. Hammasi ularning iştirokisiz hal qilinadi. 100 ta talaba öqisa ham byudjetdan şu oylikni oladi, mingta talaba öqitsa ham. Qaysidir talaba bor bölsa ham oylik naqd, talaba yöq bölsa ham. Umumiy olganda şunaqa.
👉 Yaʼni talabaga isteʼmolçi sifatida qaralmaydi. Talabaning oldida rektor va öqituvçilar majburiyat his qilmaydi. Talabalar hattoki öquv rejadagi tanlov fanlarini ham tanlaşmaydi, tasavvur qilyapsizmi? Har bir öquv rejasida tanlov fanlari böladi, yaʼni talabalar öziga keraklisini tanlaşi kerak. Lekin talabalar uçun bu işni dekanat yoki öquv bölimi hal qiladi.
Qaçonki talabalar qaysi fan va qaysi öqituvçi dars ötişini özlari tanlaşsa (ayrim majburiy mutaxassislik fanlaridan taşqari), ana öşanda ularga boşqaça köz bilan qaraş boşlanadi, öqituvçilar öz ustida işlaşni boşlaydi. Boşqaça aytganda, aslida talabalar öqituvçilar uçun salkam iş beruvçi maqomida bölişi kerak.
👉 Talabalarning özida ham ayb bor. Yurtimizdagi millionlab fuqarolar “men soliq tölovçiman, tölagan soliqlarim uçun mana bunday şaroit qilib berişga majbursan” deb hukumatdan talab qilişga huquqiy ongi yetmayotganidek, talabalar ham “tölayotgan kontraktim evaziga menga mana bunaqa şaroit, sifatli taʼlim kerak” deb talab qilişmaydi. Bir amallab diplomni olişsa-yu, şu dargohdan qutilib çiqsa böldi. Uyoği bir gap bölar. Töğri, tanganing boşqa tomoni ham bor - mabodo qaysidir biri şunaqa talab qilsa, baribir özgariş bölmaydi, aksinça uning özi taqibga olinadi, sessiyada qiynoqlarga duçor qilinadi.
👉 OTMlarda moliyaviy erkinlik yöq. Yana yuqoridagi misolga qaytamiz. Keng dunyoqaraşga ega bölgan davlat OTMi rektori talabalarning taklifini bajonudil qabul qilmoqçi ham deylik. Unda OTM hisobidan stoyanşçik yollaşga imkon bormi? Heçamda! Bir dona qalam sotib olişni ham tegişli moliyaviy idoralarsiz özi hal qila olmasa kerak. Qilib körsinçi, KRU degan vahimali taşkilot böyniga bir neça million talon-torojni ilib ketadi.
Şu sababli ham yurtimizda davlat OTMlariga bosqiçma-bosqiç moliyaviy mustaqillik berilmoqda, va bu juda töğri qaror. Hamma özini aravasini özi tortsa, ana şunda sifat ham sekin-asta kötarilişni boşlaydi, çunki kuçsizlar bozor şaroitida kasod böladi.
Bularning barçasi IMHO.
Mayli, hammasi yaxşilikka bölsin. Taʼlimdagi oxirgi özgarişlardan keyin umidimiz yana jonlandi, biz ham sifatli taʼlimga yetişamiz bir kun.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


