Aksiz soliği bekor qilinişi import maşina narxiga taʼsiri

Matn4-iyun, 2020, 09:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​​​Aksiz soliğining bekor qilinişi import avtomobil narxini qançaga tuşiradi?

Keçagi qaror avtomobil ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olingani tabiiy. Çunki yillar davomida monopoliya zavodni qöllab-quvvatlaş uçun xorijdan kiradigan maşinalarga otning kallasidek soliq va bojlar qöyilgan, natijada nosoğlom raqobat muhiti paydo bölgandi. Bundan esa davlat biror tayinli foyda olgani dargumon, lekin isteʼmolçi (xalq) qiynalgani aniq.

Tonnalab bildirilgan tanqidlar ortidan endi ana şu sunʼiy tösiqlar sekin-asta yengillaşyapti, bu juda quvonarli qaror, rosti.

Mayli, gapni qisqa qilib muddaoga ötsam.

Avvalo xorijdan kiradigan yengil avtomobillarga qanday qöşimça tölovlar borligini körib çiqsak:

1) bojxona yiğimi (bojxona qiymatining 0,2%, biroq kamida $25 va $3000 dan ortiq emas);

2) QQS (15%);

3) import bojxona boji (3 yilgaça bölgan yangi avtomobillarga maşina narxining 30%i, 3 yildan ortiq eski maşinalarga 40%);

4) yana bitta import bojxona boji (bu safar maşina dvigatel hajmiga qaraladi):

a) yangi maşina uçun – 1000 kub.smgaça har bir kub.sm uçun 1,8 dollar, 1500 gaça $2, 3000 gaça $2,5, 3000 dan oşsa $3;
b) eski maşina uçun - har bir kub.sm uçun $3;

5) aksiz soliği (mana şu bekor bölmoqda).

Keling, aniqroq tuşunişimiz uçun Volkswagen Passat maşinasining 2.0 TSI DSG Business Edition modifikatsiyasini misol tariqasida olamiz. Dvigatel hajmi 1984 kub.sm. Rossiyadagi narxi taxminan 34 ming AQŞ dollari (yangisi).

Endi şu maşina Özbekistonga qançaga kirib kelişini körib çiqamiz (transport xarajatisiz):

Özining narxi: $34000
Bojxona yiğimi (0,2%): $68
Import boji (narxdan 30%): $10200
Import boji (hajmdan - $2,5): $4960
Aksiz soliği (hajmdan - $2,9): $5753
QQS (jami summaning 15%i): $8247

Jami: 63 ming 228 AQŞ dollari

(narx taxminiy çiqarildi, rasmiy emas)

Körib turganingizdek, 34 ming dollarlik maşinani Özbekistonga olib kiriş uçun davlatga 29 ming dollar qöşimça haq tölaş kerak. Taxminan maşina narxining ustiga 85% tölov qilinyapti.

Endi 1-avgustdan boşlab aksiz soliği bekor bölsa, hozirgi misolimizdan köriş mumkinki, 5753 dollardan sal köproqqa narx arzonlaydi. Yaʼni 34 ming dollarlik maşina salkam 57 mingga kirib keladi (maşina narxi ustiga taxminan 66% tölov).

Ha, import maşinalar uçun aksiz soliği bekor bölayotgani juda yaxşi yangilik, çunki bu uzoq yillik monopoliyaga sekin-asta barham berilişi uçun taşlangan qadamlardan biri.

Ammo baribir ham bojxona tölovlari juda yuqoriligiça qolmoqda. Bunaqada soğlom raqobat muhitini yaratib bölmaydi. Yuqorida aytganimizdek, bundan ham davlat, ham xalq, yaʼni isteʼmolçi yutqazadi.

Oxirgi özgarişni töliq qöllab-quvvatlagan holda, islohotlarning şu tempda tezroq davom etişini sörab qolamiz.

UPD: QQS jami summadan hisoblanar ekan, faqat maşina narxidan emas.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing