Import maşinalar uçun aksiz soliği bekor qilinadi
❗️1-avgustdan import maşinalar uçun aksiz soliği bekor qilinadi
“Taşqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga soliş va avtotransport vositalarining içki bozorini rivojlantirişni rağbatlantirişga doir çora-tadbirlar töğrisida” Prezident qarori (PQ–4739-son, 03.06.2020 y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-avgustdan boşlab 8701 (traktorlar), 8702 (10 yoki undan ortiq kişini taşişga möljallangan motorli transport vositalari), 8703 (yengil avtomobillar) va 8704 (yuk taşişga möljallangan motorli transport vositalari) TIF TN kodlar böyiça transport vositalarini olib kirişda amalda bölgan aksiz soliği stavkalari bekor qilinadi.
Maʼlumot uçun, Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soliğiga tortiladigan tovarlarga aksiz soliği stavkalari Prezidentning PQ-3818-son qarori bilan tasdiqlangan.
Bu juda yaxşi yangilik! Endi xorijdan kirib kelayotgan avtomaşinalar narxi sezilarli arzonlaşadi.
👉 @xushnudbek 👈



