Transport vositalarini texnik körikdan ötkaziş tartibi

Matn10-mart, 2021, 18:002 daqiqa0 koʻrish

Manba:UzA | Tezkor xabarlar

Transport vositalariga texnik körikdan ötganligi töğrisidagi talonlarni beriş amaliyoti bekor qilinadi

Hukumatning tegişli qarori (№125, 09.03.2021 y.) asosida jismoniy şaxslarga tegişli bölgan M1 toifadagi transport vositalari faqat tadbirkorlik subyektlari tomonidan texnik körikdan ötkaziş tartibi joriy qilinadi.

Şuningdek, qarorga binoan 2021-yil 1-sentabrdan boşlab xorijiy davlatlarga çiqadigan transport vositalaridan taşqari barça transport vositalariga texnik körikdan ötganligi töğrisidagi talonlarni beriş amaliyoti bekor qilinadi.

Texnik körikdan qança muddatda ötkaziladi?

Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga köra, transport vositalari quyidagi davriylikka muvofiq texnik körikdan ötkazilişi kerak:

👉 tijorat asosida yölovçilar taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va örindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bölgan (haydovçining örnidan taşqari), odamlarni muntazam taşiş uçun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, oğir vaznli va xavfli yuklarni taşiş uçun maxsus transport vositalari va ularning tirkamalari - bir yilda ikki marta;
👉 işlab çiqarilganiga olti yildan köp bölmagan transport vositalari - ikki yilda bir marta;
👉 işlab çiqarilganiga olti yildan ortiq bölgan, şuningdek, işlab çiqarilgan vaqti aniq bölmagan transport vositalari - bir yilda bir marta;
👉 tirkamalar texnik körikka transport vositasi - şatakçi uçun belgilangan muddatlarda;
👉 navbatdagi texnik körikdan ötkazişning ilgari örnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni DYHXX organlarida röyxatdan ötkaziş (qayta röyxatdan ötkaziş) vaqtida.

❗️Yangi transport vositalari DYHXX organlarida röyxatdan ötkazişda texnik körikdan ötkazilmaydi.

Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek