Tonirovka masalasida Hukumat qarori qabul qilindi

Matn18-iyul, 2018, 17:541 daqiqa0 koʻrish

“Tonirovka” masalasida qaror qabul qilindi

Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

✅ Qarorga muvofiq:
👉 2018-yil 1-avgustdan qoraytirilgan oynali yengil avtotransport vositalaridan pulli asosda foydalanişga ruxsat berildi;
👉 oynalarni qoraytiriş Içki işlar vazirligi huzuridagi “Innovatsiya loyihalari va aholiga servis xizmatlari körsatiş markazi” DUK tomonidan amalga oşiriladi;
👉 oynalarni qoraytiriş uçun Davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX)dan ruxsatnoma (1 yilga beriladi) oliş kerak;
👉 orqa oynani yoruğlik ötkazuvçanlik beş foizdan kam bölmagan (95 foizga qoraytiriş), orqa yon oynalarni yoruğlik ötkazuvçanlik 30 foizdan kam bölmagan (70 foizga qoraytiriş) darajada özgartiriş mumkin;
👉 old oynaning tepa qismini 14 sm dan köp bölmagan va yoruğlik ötkazuvçanlik 30 foizdan kam bölmagan şaklda özgartiriş uçun ruxsatnoma şart emas;
👉 xorijiy davlatlarning oynalari qoraytirilgan yengil avtotransport vositalarini Özbekistonga vaqtinça kirişi va tranzit harakatlanişi uçun 15 AQŞ dollari miqdorida yiğim undiriladi.

✅ Qoraytirişga ruxsatnoma berganlik uçun tölovlar:
👉 jismoniy şaxslarga eng kam iş haqining 90 baravari (16 587 000 söm);
👉 yuridik şaxslarga eng kam iş haqining 120 baravari (22 116 000 söm);
👉 xorijiy davlatlar yuridik şaxslariga eng kam iş haqining 140 baravari (25 802 000 söm).

Manba: @huquqiyaxborot

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek