Nodavlat taʼlim taşkilotlari uçun litsenziya oliş tartibi

Matn18-iyul, 2018, 14:481 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Podrobno.uz saytida çiqqan maqolaga raddiya beribdi. Maqolada muallif “taʼlim beriş uçun litsenziya oliş huquqiy maqomdan kelib çiqib çeklanganligini, faqatgina MÇJlar nodavlat taʼlim taşkilotlarini oçişga imkoniyati mavjud ekanligini” qayd etgan edi.

Inspeksiyaning xabar berişiça:

Birinçidan, 2017-yil 15-sentabrdagi Prezident qaroriga muvofiq barça yuridik şaxslar mulkçilik va taşkiliy-huquqiy şakllaridan qatʼi nazar, litsenziya asosida nodavlat taʼlim xizmatlari körsatişlari mumkin.

Ikkinçidan, 2018-yil 27-martdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan, nodavlat taʼlim xizmatlari körsatişga litsenziya oliş uçun kerak bölgan hujjatlar soni 9 tadan 5 taga qisqartirildi. Hujjatlarni körib çiqiş muddati 30 kundan 10 kunga qisqardi.

Eng asosiysi, litsenziya oliş uçun hujjatlarni Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona portal orqali taqdim etiş mexanizmi joriy etildi.

Uçinçidan, 2018-yilning 1-iyunidan boşlab nodavlat taʼlim xizmatlari körsatiş huquqini beruvçi litsenziya çeksiz muddatga beriladi (oldin 5 yilga berilgan).

Maʼlumot uçun: muntazam yangilanib turiladigan amaldagi litsenziyalar röyxatini http://ntm.tdi.uz/?mod=ntmidx manzilidan topişingiz mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek