Öqituvçi mavqeini oşiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ muxbiriga maʼlum qilişiça, öqituvçining jamiyatdagi mavqeini oşirişga doir çora-tadbirlar quyidagilarni öz içiga oladi:
👉 Umumiy örta taʼlim tizimida iş haqi darajasini oşiriş yöli bilan. Bu maktablardagi öqituvçilar tarkibining mustahkamlanişiga olib keladi. Ayni damda respublika maktablarida 11 ming vakansiya mavjud. Bundan taşqari, 66 mingdan ziyod pedagog oliy maʼlumotga ega emas. Öqituvçining mavqeini oşiriş differensial ravişda, öqituvçilarning malakasiga qarab amalga oşiriladi;
👉 Xalq taʼlimi vazirligi (XTV) tizimi xodimlarini ularning vazifasiga kirmaydigan işlarga (tozalaş işlari, şanbaliklar, obodonçilik işlari, turli yiğiliş va majlislarda böliş, kommunal xizmatlar tölovi va körsatkiçlarni tekşiriş bilan boğliq xizmatlarga) jalb qilişni taqiqlaş yöli bilan;
👉 Öqituvçilar maoşidan turli maqsadlarda (gazeta va jurnallarga majburiy obuna, avans kommunal tölovlar, turli tadbirlar çiptalariga va b.) majburiy ravişda olib qoliş ham taqiqlanadi;
👉 XTV bilan muvofiqlaştirilmagan xalq taʼlimi muassasalari tekşiruvlarini yöq qiliş;
👉 Nazorat-huquqiy xizmatni yölga qöyiş va unga içki nazorat, xalq taʼlimi xodimlari huquqlari va mavqelarini himoya qiliş funksiyasini yuklaş yöli orqali;
👉 XTV qoşida Call - markaz faoliyati yölga qöyilib, unga pedagoglar, ota-onalar va öquvçilar ehtimoliy qonun buziliş holatlari böyiça murojaat qilişlari mumkin böladi;
👉 Televideniye, radio va onlayn OAVlarda öqituvçining obrösini oşirişga qaratilgan ijtimoiy roliklar yaratiş va keng tarğibot işlarini olib boriş. Buning uçun vazirlikda Media markaz taşkil qiliş.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

