Majburiy mehnat va taşkilotlarni obodonlaştiriş muammosi
Manba:Xushnudbek.uz
Mana, bugungi kunda öqituvçi va şifokorlarni, özi umuman barçani majburiy mehnatga jalb etmaslik siyosati kun tartibida bölib turibdi. Ammo ayrim rahbarlar majburiy mehnatni faqat paxta teriş deb tuşunadi. Paxtaga olib çiqmasam böldi, hammasi joyida deb öylaydi. Yaʼni korxona hovlisini supiriş, yovvoyi ötlarni yuliş, yerni yumşatiş, boğbonlik, farroşlik kabi işlarni esa oddiy hol deb qabul qilişadi. “Oq halatli hamşira şifoxona hududidan çiqmasa böldi, içkarida hammasi mumkin” degan aqida köp uçraydi.
Kimdir eʼtiroz bildirsa, “öz uyimizni sizu biz tozalamasak, kim tozalaydi” deb uzundan-uzun maʼruza ham qilişadi. Lekin “biz hovlini supursak, bemorlarga kim qaraydi, öquvçilarga kim dars beradi, farroşlarmi?” deb savol berib köringçi, javobiga iş haqidan qirqiş haqida tahdid eşitasiz.
Bir narsani unutmaslik kerakki, vatan ostonadan boşlangani kabi, majburiy mehnat ham taşkilot hovlisini supirişdan boşlanadi. Bu yerda haşar, özbekçilik, azaliy qadriyatlar haqida gap bölmasligi kerak. U mutlaqo boşqa mavzu.
Ammo tanganing ikkinçi tomoni haqida gapirmoqçiman. Iş beruvçilarning zorlanişiga ham asos bor, ayrim şifoxona yoki taʼlim muassasasi hududi 3-4 gektar, lekin byudjetdan farroş, boğbon lavozimlariga sanoqli ştat ajratiladi, ularning oyligi haqidagiku gapirmasa ham böladi. Hudud salmoği va ştatlar sonida katta nomutanosiblik bor. «Biz tozalamasak, kim tozalaydi?» degan savolning boşqa mazmuni ham şunda. Yaʼni tozalaş uçun ştatlarga yetarli mablağ ajratilmaydi. Şu sababli ular majbur bölişadiki, öz qöl ostidagilarini yalinib, yolvorib, döq urib, qörqitib işlatişga.
Biz iş beruvçilardan majburiy mehnatga yöl qöymaslikni talab qilişdan oldin şaroitni ham töğrilaşimiz kerak.
TAKLIFIM:
"Agar ştatlarni köpaytirişni hozirça davlat byudjeti kötarmaydi", deyişadigan bölsa, unda haq tölanadigan jamoat işlari uçun yiliga ajratilayotgan 714 milliard söm mablağni şu maqsadga yönaltiriş kerak. Yaʼni hududi katta, lekin texnik ştati kam bölgan taşkilotlarni obodonlaştiriş işlariga aynan işsiz qatlamni yönaltirib, ularga jamğarma hisobidan iş haqi bersa böladi. Şundoq ham bu pullar işlatilmayotgani aytilgan edi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
