Öqituvçi va şifokorlar maoşi 1000 dollarga yetkaziladi
Şavkat Mirziyoyev: kelgusi 5 yilda oliy toifali öqituvçi hamda şifokorlar maoşi ming dollarga yetkaziladi
«Oçiq aytiş lozim, biz bu zahmatkaş, fidoyi insonlar oldida hali qarzdormiz. Şu boisdan ham, qançalik qiyin bölmasin, öqituvçilar mehnatini munosib rağbatlantiriş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. 2025-yilga borib, oliy toifali öqituvçilarning oylik maoşini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkaziş çoralari köriladi.
Taraqqiyot strategiyamizda xalqimiz salomatligini taʼminlaş bundan buyon ham boş vazifa bölib qoladi.
Uşbu sohaga yönaltiriladigan mablağlarni 2 barobar oşiriş, jumladan, kelgusi beş yilda oliy toifali şifokorlar maoşini 1 ming dollarga yetkaziş möljallanmoqda.
Öqituvçilar oyligini ming dollar qilib, şifokorlarga eʼtibor qilmasak, adolatdan bölmaydi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈


