Jurnalist va blogerlar Prezident himoyasida böladi

Matn6-noyabr, 2021, 11:351 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev: qonuniy faoliyat yuritayotgan barça jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida böladi

«Albatta, bunday oçiqlik va oşkoralik şaroitida işlaş, öz faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni töğri qabul qiliş eskiça qoliplar bilan yaşayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qatʼi nazar, biz bu yölni davlat siyosatining eng muhim yönalişlaridan biri deb bilamiz va uni izçil davom ettiramiz.

Şu maqsadda amaldagi qonunçilikda davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş, senzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş, materiallar va texnik vositalarni ulardan ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş harakatlari sodir etilgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilmoqda.

Bir söz bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barça jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek