Zangiota yuqumli kasalliklar şifoxonasi işga taklif etadi

Matn23-iyul, 2020, 20:562 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🙏 Fidoyi şifokorlar va tibbiyot xodimlari diqqatiga!

Hozir barçaga birdek murakkab payt. Ayniqsa "jang maydonining" old qatorida qalqon bölib turgan şifokorlarimizga oson emas. Lekin quvonarlisi har qança qiyinçilik bölmasin, ham ruhiy, ham jismoniy çarçoqlarga qaramasdan, matonat va sabr körsatayotgan şifokorlar soni biz kutgandan ham ança köp ekan.

Ana şunday fidoyi şifokorlar va tibbiyot xodimlarida yurtimizdagi bemorlarning hayotini saqlab qoliş uçun yana bir imkon tuğildi.

📣 Soğliqni saqlaş vazirligi Toşkent viloyati Zangiota tumani «Ixtisoslaştirilgan köp tarmoqli yuqumli kasalliklar şifoxonasi»ga quyidagi mutaxassisliklar böyiça işga taklif etmoqda:

Şifokorlar:

👉 Anesteziolog-reanimatolog;
👉 Infeksionist;
👉 Epidemiolog;
👉 Vraç-laborant;
👉 Vraç-rentgenolog va boşqa barça mutaxassisliklar böyiça şifokorlar.

Hamşiralar:

👉 Reanimatsiya hamşirasi;
👉 Palata hamşirasi va boşqa barça yönalişlar böyiça örta tibbiyot xodimlari;
👉 Kiçik tibbiyot xodimlari.

❗️Albatta bu işlar tekinga emas, yaxşi iş haqi ham tölanadi. 14 kunlik iş faoliyati uçun quyidagi miqdordagi iş haqi joyida beriladi:

• Şifokorlar – 25 mln söm;
• Hamşiralar – 15 mln söm;
• Kiçik tibbiyot xodimlari – 10 mln söm.

🏢 Köngilli tibbiyot xodimi böliş uçun aynan Toşkentda yaşaş şart emas, mamlakatimizning istalgan hududidan işga olinaveradi. Hududlardan kelganlar bepul yotoq joyi bilan taʼminlanadi.

✅ Tibbiyot xodimlari yotoq-joy, 3 mahal bepul ovqat va töliq şaxsiy himoya vositalari bilan ham taʼminlanadilar.

Murojaat uçun telefon: 1️⃣1️⃣0️⃣9️⃣
Call-center iş vaqti: 09:00-dan 21:00-gaça

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek