Abituriyentlarga test uçun tölangan pullar qaytariladi
Uzrli sabab bilan testda iştirok etmagan abituriyentlarning tölovi qaytariladi
DTM xabariga köra, 2 toifa abituriyentlarga tölov qaytariladi:
1️⃣ dastlab test sinovlari ötkaziladigan taʼlim yönalişiga röyxatdan ötgan va tölovni amalga oşirgan, keyinçalik esa tanlagan taʼlim yönalişini töliq ijodiy imtihon böladigan yönalişga özgartirgan abituriyentlarning yoki şu kabi tölovni notöğri amalga oşirganlarning tölovlari hozirgi kunda DTM tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda;
2️⃣ test sinovlaridan söng, uzrli sabablarga köra test sinovlarida iştirok eta olmagan abituriyentlarning tölovlari qaytariladi.
Ammo DTM qaysi sabablar uzrli deb hisoblanişiga oydinlik kiritmagan. Katta ehtimol bilan, bu yerda koronavirusga çalinib yoki unda gumon qilinib, karantinga olinganligi sababli testga kira olmay qolgan abituriyentlar nazarda tutilmoqda şekilli.
👉 @xushnudbek 👈

