Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarga yangi imtiyozlar
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş uçun yangi imtiyozlar belgilandi
Şavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmonga imzo çekdi.
Farmonga köra, 2020-yil 1-iyuldan 2020-yil 31-dekabrga qadar:
👉 umumiy ovqatlaniş korxonalari va binolarni ijaraga berişga ixtisoslaşgan korxonalar aylanmadan olinadigan soliqni tölaşdan ozod etiladi;
👉 jismoniy şaxslar köçmas mulkni ijaraga berişdan olingan daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşdan ozod etiladi;
👉 mol-mulkini (binolar va avtomobil transporti) ijaraga beruvçi jismoniy şaxslarga soliq maqsadida ijara tölovlarining eng kam stavkalarini qöllaş tartibi töxtatib turiladi;
👉 ijaraga beruvçilarga 2020-yil uçun ijara tölovi miqdorini pasaytiriş maqsadida, şu jumladan taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarini inobatga olgan holda ijara tölovini qayta körib çiqiş tavsiya etiladi;
👉 Şuningdek, 2020-yil 1-apreldan 2020-yil 31-dekabrga qadar umumiy ovqatlaniş korxonalari alkogol mahsulotlari bilan çakana savdo qiliş huquqi uçun yiğimni tölaşdan ozod qilinadi.
➡️ @uzauz
- 👍 1


