Tadbirkorlar uçun soliq imtiyozlari belgilandi
⚡️Prezident "Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida"gi Farmonni imzoladi.
Farmonga köra:
❗️ 2020-yil 1-iyundan 1-sentabrgaça:
👉 kiçik tadbirkorlik subyektlari;
👉 bozorlar va savdo majmualari;
👉 kinoteatrlar;
👉 umumiy ovqatlaniş joylari;
👉 jamoat transportlari taşkilotlari;
👉 sport-soğlomlaştiriş muassasalari;
👉 şuningdek, yölovçilarni taşiş, maişiy xizmat körsatiş, yopiq joylarni ijaraga beriş, şu jumladan banketlar taşkil etiş bilan şuğullanadigan yuridik şaxslar.
❌ mol-mulk va yer soliği tölaşdan OZOD QILINADI.
=•=•=•=•=•=
🙌 Kiçik tadbirkorlik subyektlariga
- 19.03.2020-yildagi PF-5969-son va 3.04.2020-yildagi PF-5978-sonli Farmonlarga muvofiq aprel-may oylari 🗓 uçun taqdim etilgan, mol-mulk va yer soliğining foizsiz keçiktiriş (bölib-bölib tölaş) summalaridan;
- 2020-yil 1-yanvardan boşlab 2020-yil 15-maygaça bölgan muddatda 🗓 yer va mol-mulk soliği böyiça hisoblangan penya va jarimalardan
✅ VOZ KEÇILADI.
=•=•=•=•=•=
👉 Tadbirkorlar uçun tovarlarni (işlarni, xizmatlarni)ni ✈️ olib kirişda (import) qöşilgan qiymat soliğini tölaşni 120 kungaça ✔️keçiktiriş huquqi beriladi.
=•=•=•=•=•=
‼️ 2020-yil 1-maydan 1-iyulgaça
👉 mikrofirmalar va kiçik korxonalar uçun ijtimoiy soliq stavkasi 12 %dan 1%ga PASAYTIRILADI.
👉 Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan davlat korxonalari va yuridik şaxslar ❌ bundan mustasno.
=•=•=•=•=•=
⚡️Mikrofirma va kiçik korxonalarning aylanma mablağlari kamayişining oldini oliş maqsadida 2020-yil 15-may holatiga soliq qarzlari va soliq töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uçun penya va hisoblangan jarimalar böyiça qarzdorliklarini undiriş 2020-yil 1-sentabrgaça ❌ TÖXTATILADI.
👉 Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holatiga ularning bank hisobvaraqlaridan pul mablağlarini ötkaziş va yeçib oliş böyiça inkasso topşiriqnomalarini QAYTARIB OLADI.
👉 Soliq tölovçilar 15-may holatiga bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajariş böyiça tölov topşiriqnomalarini QAYTARIB OLIŞ huquqiga ega.
👉 @xushnudbek 👈
