Şifokorlarning oylik iş haqi oşiriladi

Matn18-mart, 2022, 12:131 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şifokorlarning oyligi oşadi

Joriy yil budjet taşkilotlari qatorida tibbiyot xodimlarining oylik iş haqini ham kamida 10 foizga oşiriş reja qilingan.

Bunga qöşimça ravişda, soha vakillarining maşaqqatli mehnatini yanada rağbatlantiriş maqsadida, joriy yil 1-iyundan:

- tibbiyot xodimlarining oylik maoşi malaka toifasiga qarab, yana 15 foizgaça oşiriladi;

- yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan şifokorlarga esa yana 25 foiz miqdorida ustama tölanadi;

Tibbiyot xodimlarini rağbatlantiriş jamğarmasiga yiliga 1,5 trillion söm ajratiladi.

Uşbu mablağlar hisobidan:

- alohida natijaga erişgan, halol va vijdonan işlayotgan şifokor va hamşiralarga 100 foizgaça oylik ustamalar ham belgilanadi;

- yangi iş boşlagan fidoiy yoş şifokorlarga 1 million sömgaça maxsus oylik ustama tölaş tartibi joriy etiladi.

Boşqaça aytganda, hozirgi kunda oliy toifali şifokor 4 million söm maoş olsa, endi iş haqining oşişi va yangi ustamalar hisobiga, 8-9 million sömgaça maoş olişi mumkin böladi.

Hamşiralar esa hozirgi 1,5 million söm örniga, toifasi va erişgan natijalariga qarab, 3-4 million sömgaça oylik olişi mumkin.

— Şu kunlarga kelamiz, deb aytgandimku! Öqituvçilar va şifokorlar oyligi 1000 dollarga yetadi deb, sekin-sekin şunga yaqinlaşyapmiz, — dedi Şavkat Mirziyoyev.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1419
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek