Tibbiyot xodimlarining iş haqi ikki marta oşiriladi

Matn21-may, 2022, 12:011 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Tibbiyotçilardan berilayotgan savol: bizning oyligimiz 2 marta oşadimi?

✅ JAVOB: ha, 2 marta oşadi.

Iş haqlari 12 foizga oşgani töğrisidagi xabardan keyin tibbiyotçilardan köplab savollar kelib tuşdi. “Yaqinda bizning iş haqlarimiz 10-15 foizgaça oşgan edi. Şunda budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi 12% oşgani bizga ham taalluqlimi?”

Mazkur savol bilan murojaat qilib, soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Otabek Fozilkarimovga murojaat qildim. Uning bergan tuşuntirişiga köra, tibbiyot xodimlarining oyligi avval 2022-yil 17-maydagi Prezident farmoni asosida 10-15 foizga oşiriladi. Söngra keçagi farmon asosida yana 12%ga oşiriladi.

Masalan, 3 mln söm iş haqi oladigan tibbiyot xodimining oyligi dastlab 15% ga oşadi deylik, şunda 3 mln 450 ming söm böladi. Keyin bu summa yana 12% oşadi va yakunda jami 3 mln 864 ming söm böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2197
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek