Prezident bolalar gematologiyasi markaziga taşrif buyurdi
Taʼsirli lavhalar va raqamlar
Şavkat Mirziyoyevning yangi qurilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markaziga taşrifidan taʼsirli lavhalar.
Maʼlumot uçun: 1 yilda bu yerda nimalar özgardi?
➖Ilgari 85 ta joy bor, bitta xonada 3-4 bemor yotardi. Hozir joylar soni 160 taga yetkazildi va bemor bola hamda uning ota-onasi uçun alohida şart-şaroitlar yaratildi;
➖ dori vositalari xarid qiliş uçun 2016-yilda 2,8 milliard söm mablağ ajratilgan bölsa, hozir bu miqdor qariyb 60 baravar oşirilib, 170 milliard sömga yetdi. 91 turdagi onkogematologik dori vositalari davlat hisobidan bepul berilmoqda;
➖ bemorlarning sutkalik ovqatlanişi 3 mahaldan 5 mahalga oşirildi, ota-onalarga ham bepul ovqat berilmoqda;
➖markazda 30 örinli boğça va 40 örinli maktab oçildi;
➖tibbiyot fanlari doktori soni 3 nafardan 9 nafarga, fan nomzodlari soni esa 8 nafardan 29 nafarga yetdi;
➖har yili 50 nafar şifokorni Rossiya va Turkiyada malaka oşirişga yuboriş yölga qöyildi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 32


