Şavkat Mirziyoyev PET KT apparatlari haqida maʼlumot berdi

Matn30-sentabr, 2021, 15:493 daqiqa0 koʻrish

Mirziyoyevning jurnalistlar bilan suhbati haqida

Jurnalist Aziza Qurbonova (@qurbonova_a) Şavkat Mirziyoyevning jurnalistlar bilan suhbati haqida şunday yozmoqda:

«Keça Andijon safari tugay deb qolgan paytda nihoyatda vaqt tiğizligiga qaramay, Şavkat Mirziyoyev jurnalistlarga vaqt ajratdi. Hamkasblar 3 ta savol berdik.

Mening savolim onkologiyada tugal taşxis qöyiş uçun eng zarur PET KT apparatini hududlarga örnatiş masalasi haqda böldi.

- Şavkat Miromonoviç, yodimda bor, 14-may kuni onkologik kasallikka çalingan bolalar va kattalar bilan suhbatlaşgandingiz. Öşandan keyin köp narsa özgaryapti, kuzatyapmiz. Yana bir muhim masala ham bor edi, 6 oy avval har bir viloyatga Pozitron emission kompyuter tomografiya- PET KT apparatlari olib kelinadi, degan edingiz. Tan oliş kerak, bu qimmat uskuna. Bu faqat Toşkentda Fedoroviç şifoxonasi va Beruniydagi xususiy klinikada bor. PET KT hamma viloyatda böladi, deb aytganingizni ijtimoiy tarmoqda yozganimda juda köpçilik xursandçilik bilan kutib olgandi. Har safar odamlar mendan javobi nima böldi, örnatildimi, deb söraşadi. Andijonga keldimi, vodiyga keldimi deb qiziqişyapti. Bu haqda biror yangilik bormi?

Şavkat Mirziyoyev:

- Bu juda oğir savol. PET KT uskunasining radiatsiyasi bor. Bu uskunani oliş mumkin, unga avval şaroitni hozirlaş, işlaydigan odamini topiş kerak. Özim ham bu masala bilan köp şuğullanganman. Men boş vazir bölib işlagan paytimda bilardim, agar PET apparati bölmasa, odamlar çet elga boraverib, köp mablağ yöqotadi, qiynalişardi. Şuning uçun öşa hozirgi apparatni ham davlat hisobidan olib keltirib, örnatganmiz. U eng zamonaviy apparat edi, lekin unda işlaydigan kadrlar yadro fizikasi bilan şuğullangan yoşi katta mutaxassislar, yoş kadrlar topiş haligaça qiyin. Milliy universitetimiz yonidagi xususiy klinika ham hozir yaxşi işlayapti, ular ham mutaxassisni çet eldan jalb qilgan.

D.Rogaçyov nomidagi oliygohdan mutaxassislarni çaqirdik, ular sohaning zamonaviy talablarini örgatişdi, tajriba almaşişdi. Biz vaqt yöqotmaslik uçun pandemiya davrida qurgan 2 ta bölimni onkologiyani davolaşga ajratdik.

Andijonda ham onkologiya böyiça birorta binosi ham, uskunasi ham yöq edi. 2 yilda viloyatda respublikada birinçi örindagi onkologiya dispanseri qurildi. Viloyatlarga mammograf apparati olib kelinyapti. Hozir menga aytişdi: şu uskunada tekşirilib, viloyatda 12 ayolda onkologik ösma rivojlanişining oldi olindi. Birinçi bosqiçda bölgan ösmani tezda davolaş mumkin.Tekşirib turilmasa, ayollarimiz, ayniqsa qişloq ayollari 3-4 yil vaqt yöqotib, 3-bosqiçga borib qolganini bilmay qolişadi... Oqibati esa yaxşi bölmasligi mumkin.

Respublika onkologiyasi uçun ham zamonaviy bino qurilyapti. Lekin bu yerda kim işlaydi? Meni şu masala qiynaydi. Informatsion texnologiyalar, telemeditsina bilan işlay oladigan kadrlarimiz yetarlimi?

4 oy içida Koreya Respublikasining onkologik kasalliklarni davolaş böyiça tajribasini yaxlitligiça örganiş va özimizda joriy etiş böyiça bir neça marta muzokara böldi.

Koreya, AQŞdagi standartlariga amal qilgan holda radiatsion uskunalardan zararlaniş xavfi juda kattaligini inobatga olib, 2 qavatli maxsus eng zamonaviy bino qurib, PET KT örnatiladi. Mutaxassislarimiz bu masala böyiça işlaşyapti.

PET apparatini sotib oliş oson. Bir qarasang kiçkina masala, ammo bir-biriga boğliq qança masala bor. Biz onkologiyada maktab yaratişimiz lozim. Bino qurib, uskuna olib keliş bilan masalani hal qilolmaymiz, birinçi bölib, kadrlarni tayyorlabgina tizimni yölga qöyamiz.

PET KT uskunasi har bir viloyatda bir emas, bir neçtasi örnatiladi. Koreyadan mutaxassislar jalb qilamiz, ular diagnostika, operatsiyalar qiliş böyiça tajribasini örgatadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi muştariylaringizga ayting, bu masala prezidentning esida va nazoratida».

P.S. Şavkat Mirziyoyev 20 daqiqa davomida eng mayda detaliga qadar tuşuntirib, javob berdi. "Onkologik ösma keyingi bosqiçga ötib ketsa, oqibati yomon bölişi mumkin" deganida közimda yoş yiğildi. Oilamizda bir yaqinimizni yöqotdik, keyingisining bolalariga boş böliş uçun hamma narsaga tayyorman. Özbekiston ham dunyo onkoprotokoliga tezroq çiqişini orzu qilaman.

Post tugadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek