Keçki mutolaa loyihasi bir oylik faoliyatidan söng töxtatildi

Matn20-fevral, 2019, 22:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hurmatli kitobxon. Bugun «Keçki mutolaa» loyihasi boşlanganiga roppa-rosa 1 oy töldi. Ilk hikoya 20-yanvar kuni berilgan edi.

Ötgan davr mobaynida bugungi bilan qöşib hisoblasak, 32 ta hikoya eʼlon qilindi. Har kuni. Keçki payt. Istisnolarsiz.

1 oy içida hikoyalar jami 1 yarim million martaga yaqin öqildi. Har bir hikoya haqidagi post örtaça 45 ming kişi tomonidan körildi.

Umuman olganda, uşbu loyihadan özimning könglim töldi. Heç bölmasa 1 kişi şu loyiha tufayli adabiyot bilan yana qayta oşno tutingan bölsa, heç bölmasa 1 kişi har kuni mutolaa qilişni odatga aylantirgan bölsa, şuning özi men uçun kifoya.

Lekin ayrim texnik sabablar bilan uşbu loyihaga maʼlum muddat tanaffus bermoqçiman. Vaʼda beramanki, loyiha albatta yana davom etadi.

Maslahatim va iltimosim: mutolaani töxtatib qöymang. Mustaqil ravişda internetdagi asarlarni yoki uyingizdagi javonda turgan kitoblarni öqişni davom ettiring. Har kuni atigi 10 daqiqa vaqt ajratsangiz kifoya. Dangasalik qilmang.

Yaxşi loyihalarda körişgunça deymiz...

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek