Davlat mulkidan foydalaniş böyiça Prezident farmoni
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0«Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalaniş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra:
👉 davlat mulki obyektlarini sotiş tartibini soddalaştiriş böyiça eksperiment ötkaziş muddati 2020-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi;
👉 «Elektron onlayn-auksionlarni taşkil qiliş markazi» davlat unitar korxonasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tasarrufiga ötkazildi, bungaça MIB qoşida edi;
👉 davlat mulki obyektlarini (aksiyalardan taşqari) sotiş böyiça savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonçasida amalga oşirilişi belgilandi;
👉 2019-yil 1-iyuldan boşlab davlat köçmas mulk obyektlarini ijaraga beriş böyiça savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonçasi orqali amalga oşiriladi;
👉 “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonçasiga 1 sömga teng qiymatdagi boşlanğiç narx böyiça qöyilgan davlat köçmas mulk obyektlari ular töliq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi;
👉 vakolatli davlat organlari qarorlari böyiça sotilgan davlat mulki obyektlarining oldi-sotdi şartnomalarini majburiy ravişda notarial tasdiqlaş talab etilmaydi;
👉 “Nol” xarid qiymatida sotişda, şu jumladan, avval sotilgan davlat mulki obyektlari böyiça investitsiya majburiyatlari bajarilgan deb qabul qilingan paytdan boşlab bir yil davomida yangi iş örinlarini saqlab qoliş tartibi bekor qilindi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


