Davlat mulki ijarasi uçun tölovlar vaqtinça töxtatildi

Matn25-mart, 2020, 18:521 daqiqa0 koʻrish

Davlat mulkida ijarada turganlar ijara haqi tölamaydi

Yaxşi xabarlar ham bor. Koronavirus sababli tadbirkorlarga ijara, xususiylaştiriş va investitsiya majburiyatlarini bajarişda imtiyozlar beriladigan bölibdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabar berdi.

1) Şu kunga qadar davlat mulki obyektlaridan ijara şartnomasi asosida umumiy ovqatlaniş, öquv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boşqa sohalarda foydalanib kelayotgan ammo, karantin sababli faoliyati vaqtinça töxtatilgan tadbirkorlik subyektlariga foydalanmagan davri uçun heç qanday ijara puli hisoblanmaydi va tölanmaydi!

2) Karantin vaqtida investitsiya majburiyatining bajarilişini keçiktirganlik uçun penya hamda jarimalar hisoblanmaydi va majburiyat bajarilmagani uçun şartnomalar bekor qilinmaydi. Aksinça, Inqirozga qarşi kuraş Respublika komissiyasi va uning hududiy ştablarining qarorlariga köra, tadbirkorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari bajarilişi muddatlari uzaytirib beriladi;

3) Mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat tufayli davlat aktivlarini xususiylaştiriş böyiça amalda bölgan şartnomalarga asosan xarid tölovlari öz vaqtida bajarilmasa Inqirozga qarşi kuraş Respublika komissiyasi va uning hududiy ştablarining qarorlariga köra, muddat qayta körib çiqiladi.

4) Karantin vaqtida aksiyadorlarga ham qulaylik yaratiş maqsadida xöjalik jamiyatlarining kuzatuv kengaşi majlislari va aksiyador (iştirokçi)larning umumiy yiğilişlarini onlayn rejimda masofadan turib, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda ovoz beriş orqali ötkaziş tizimini bir oy içida joriy etiş yuzasidan Agentlik tomonidan çora tadbirlar işlab çiqilmoqda. Bu böyiça alohida bayonot beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek