Özbekistonda biznes uçun fors-major rejimi joriy etildi

Matn25-mart, 2020, 13:102 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda biznes «fors-major» rejimiga ötmoqda

Dunyodagi epidemiologik vaziyat va Özbekistonda koronavirusning tarqalişi tufayli hukumat şartnomalar bajarilmagan taqdirda biznes uçun «fors-major» rejimini joriy etişga qaror qildi.

Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumşatiş uçun Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga tadbirkorlik subyektlarining talablariga binoan yengib bölmaydigan kuçlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini beriş topşirildi. Sertifikatni bir kun içida oliş mumkin (agar fors-major holati koronavirus bilan boğliq bölsa).

Umuman olganda, şartnoma tomonlaridan birida fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar özaro manfaatli şartlar bilan kelişib olişga harakat qilişlari mumkin (masalan, şartnoma majburiyatlarini özgartiriş orqali majburiyatlarni bajariş muddatini uzaytiriş).

Agar tomonlardan biri kelişuvga erişa olmasa, yengib bölmaydigan kuçlar holatini tasdiqlaydigan sertifikatni oliş uçun Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga murojaat qilişi mumkin.

Aloqa uçun telefon raqamlari:

a) Vazirlikning markaziy apparati:

sertifikat beriş böyiça vakolatli bölinma - 71 238 50 23, 71 238 50 22;
arizalarni körib çiqiş uçun bölinma - 71 238 500;

b) vazirlikning hududiy bölinmalari:

Qoraqalpoğiston Respublikasi - 61 222 31 91;
Andijon viloyati - 74 223 24 03;
Buxoro viloyati - 65 221 51 84;
Jizzax viloyati - 72 226 56 14;
Qaşqadaryo viloyati - 75 221 07 14;
Navoiy viloyati - 79 223 78 99;
Namangan viloyati - 69 227 76 46;
Samarqand viloyati - 66 230 48 42;
Sirdaryo viloyati - 67.225 36 65;
Surxondaryo viloyati - 76 223 36 45;
Toşkent viloyati - 70 762 58 97;
Farğona viloyati - 95 402 60 90;
Xorazm viloyati - 62 223 15 06;
Toşkent şahri - 71 210 03 28.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek