Global turizm 2024-yilga kelibgina özini tiklay oladi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganUNWTO: global turizm 2024-yilga kelibgina özini tiklay oladi
BMTning Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) hisobotiga köra, jahon turizmi 2024-yilga kelibgina pandemiyadan oldingi darajaga qaytişi mumkin. 2021-yilda turizm sohasi atigi 4 foizga ösgan, xalqaro sayohatlar esa 2019-yildan buyon 72 foizga kamaygan.
Taşkilotning fikriça, içki turizm 2022-yilda ham turizmning asosiy yönalişi bölib qoladi va yana bir bor xalqaro turizmni ortda qoldiradi. Ekspertlar aynan içki turizm, şuningdek, oçiq havodagi tadbirlar va agro turizm asosiy daromad manbaiga aylanadi, degan fikrda.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti esa xalqaro sayohatlarga qöyilgan taqiqlarni yumşatiş yoki hattoki bekor qilişga çaqirdi, çunki bu çeklovlar davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy yöqotişlarni keltirib çiqarişda davom etmoqda. Masalan, “omikron” bilan boğliq keskin taqiqlar bölişiga qaramay, u bir pasda butun dunyoni egalladi, demak, taqiqlar baribir befoyda, deya bayonot bergan JSST.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 671




