Turizmni qayta tiklaşga yöl onlayn konferensiyasi bölib ötdi
Keça Butunjahon turizm taşkiloti va Özbekiston Turizmni rivojlantiriş qömitasi taşabbusi bilan «Turizmni qayta tiklaşga yöl» onlayn konferensiyasi bölib ötdi.
Konferensiyada Ozarbayjon, Gruziya, Qirğiziston, Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Moldova, Tojikiston, Rossiya, Turkmaniston kabi 10ta davlatlarning turizm sohasi böyiça masʼullari (vazirlar, qömita raislari) qatnaşdi.
Konferensiyada pandemiya şaroitida qanday qilib turizmni yana tiklaş mumkinligi, davlataro özaro turizm yönalişlarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi. Har bir davlat öz tajribasi bilan örtoqlaşdi.
Muvaffaqiyatli ötgan konferensiya yakunlari böyiça Butunjahon turizm taşkiloti Boş kotibi Zurab Pololikaşvili taşabbus uçun Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovga taşakkurnoma yölladi.
Unda Özbekistonning pandemiya sabab tanazzulga yuz tutgan turizm sohasini qayta tiklaşdagi alohida namunasi eʼtirof etilgan.
Maʼlumot uçun: Özbekiston ham 42 mamlakat qatorida UNWTO’ning Yevropa hududiga kiradi.

