Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş böyiça Hukumat qarori

Matn8-oktabr, 2020, 13:122 daqiqa0 koʻrish

Turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga oid Hukumat qarori qabul qilindi

Hukumatning tegişli qaroriga binoan, koronavirus pandemiyasi paytida turizm sohasini qöllab-quvvatlaşga oid quyidagi çoralar köriladi:

1. Investorlar 2023-yil 31-dekabrga qadar yangi dor yöllarini (dastlabki 50 ta loyiha) qurib foydalanişga topşirsa, xarajatlarining bir qismi Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan qoplanadi. Bunda har bir 500 metr yöl uçun 1 milliard sömgaça mablağ ajratiladi.

2. Mehmonxonaga toifa (yulduz) oliş yoki oşiriş işlari uçun subsidiya ajratiş 2021-yil 1-iyuniga qadar amalga oşirilib, Turizm sohasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi hisobidan quyidagi miqdorda ajratiladi:
3 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 5 million söm;
4 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 10 million söm;
5 yulduzli toifadagi mehmonxonalarning har bir xonasi uçun 15 million söm.

Turistik zonalar va qişloq joylari hududida Qömita va Quriliş vazirligining namunaviy loyihalari böyiça joylaştiriş vositalarini tez quriladigan konstruksiyalar (ötovlar, konteynerlar, sendviç panellar) bilan quriş uçun tadbirkorlik subyektlari xarajatlarining bir qismi bunday tipdagi joylaştiriş vositalarining joylari soni 50 mingtaga yetguniga yoki 2023-yilning 31-dekabriga qadar har bir joy uçun 5 mln. sömgaça miqdorda Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

3. Avia va temir yöl çiptalari xarajatlarining bir qismini qoplaş böyiça turoperatorlarga subsidiyalar ajratiladi. Subsidiya har bir taşkil qilingan tur uçun sotib olingan avia va temir yöl çiptalarining umumiy qiymatining 30% miqdorida ajratiladi.

4. Bundan taşqari, turoperatorlar va turagentlarga – Özbekiston rezidentlariga Özbekistonga olib kelingan va xizmat körsatilgan har bir xorijiy turist uçun, kamida beş sutka davomida respublikadagi joylaştiriş vositalarida böliş şarti bilan 15 AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratiladi.

5. Joylaştiriş xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) uçun joylaştiriş vositalariga 2021-yil 31-dekabrgaça joylaştiriş xizmatlari (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

6. Xorijiy oşxona yoki alohida yönaliş böyiça ixtisoslaşgan tematik ovqatlaniş şoxobçalari, ovqat va oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, suvenir mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça xizmatlarni taşkil etiş böyiça loyiha taşabbuskorlariga bitta loyiha uçun 100 mln sömgaça bölgan miqdorda grant ajratiladi, bunda grant miqdori loyiha qiymatining 30 foizidan oşmasligi belgilangan.

7. Gidlar (gid-tarjimon) (keyingi örinlarda – gid) va turoperatorlarga yangi turizm mahsulotlari va yönalişlarini işlab çiqiş hamda tarğib qilişga yönaltirilgan xarajatlarini qoplaş uçun quyidagi hajmlarda grant ajratiladi:
gidlarga – işlab çiqiş uçun 5 million söm,
turoperatorlarga – turlarni reklama va sotiş uçun 10 million söm.

Kanalga ulaniş:
@uzauz

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek