Prezident iqtisodiyotni qöllab-quvvatlaş çoralarini belgiladi

Matn19-mart, 2020, 21:361 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident Şavkat Mirziyoyev koronavirusning aholi turmuş darajasi va iqtisodiyotga salbiy taʼsirini yumşatiş böyiça quyidagi topşiriqlarni berdi:

👉 10 trillion söm hajmidagi Inqirozga qarşi jamğarma tuzildi;

👉 yil yakuniga qadar soliq tekşiruvlariga moratoriy eʼlon qilindi, bunday qiyin şaroitda tadbirkorni birorta tekşiruvçi bezovta qilmaydi;

👉 hokimlarga iqtisodiy qiyinçilikka duç kelgan korxonalardan mahalliy soliqlarni undirişni 6 oygaça keçiktiriş vakolati berildi;

👉 Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foiziga kamaytirildi. Fermerlarning suv soliği 50 foizga kamaytirildi;

👉 koronavirus taʼsiri eng yuqori bölgan iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarning kredit muddatlari uzaytirildi, turistik yiğimlar undiriş vaqtinça töxtatildi;

👉 aholini iş bilan taʼminlaş, buning uçun mahallalarda qöşimça infratuzilma obyektlari qurişga qöşimça 200 milliard söm ajratildi;

👉 yangi iş örinlari yaratadigan biznes subyektlariga kömaklaşiş uçun 500 milliard söm qöşimça mablağ berildi;

👉 karantindagi farzandlariga qarayotgan ota-onalarni işdan böşatişga mutlaqo yöl qöyilmaydi. Ularga vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yuz foiz tölab beriladi;

👉 boğça tarbiyalanuvçilari va boşlanğiç sinf öquvçilarining ota-onalariga belgilangan rejadan qatʼi nazar yillik mehnat taʼtili navbatdan taşqari beriladi;

👉 karantinga yopilgan muassasalar xodimlari, karantindagi fuqarolar va ularga qarovçilarning huquqlari taʼminlanadi, ijtimoiy nafaqa oluvçilar soni kamida 10 foizga yoki 60 mingtaga oşiriladi.

@xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek