Yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça yiğiliş ötkazildi

Matn27-iyul, 2020, 20:442 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Şavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş böyiça olib borilayotgan işlar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Unda aytilgan fikrlar:

👉 Davlat rahbari yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişda ehtiyot böliş, iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qöymaslik, buning uçun davlat organlari, biznes va jamoatçilik hamjihatlikda işlaşi muhimligini taʼkidladi.

👉 Soliq islohotlarini izçil davom ettirib, yaşirin iqtisodiyotga yöl qöymaydigan tizim joriy etiş vazifasi qöyildi. “Insofli soliq tölovçi” tizimini şakllantirib, şu yil yakuniga qadar Toşkent şahrida namuna sifatida amalga oşirişga körsatma berildi.

👉 Prezidentimiz yaşirin iqtisodiyotni qisqartiriş uçun odamlarning legal işlaşiga kömaklaşiş, ularni manfaatdor qiliş kerakligini taʼkidladi.

👉 Yiğilişda norasmiy faoliyat yuritayotgan subyektlarni rağbatlantiruvçi mexanizmlar orqali yaşirin iqtisodiyotdan olib çiqiş kerakligi aytildi. Savdo, umumiy ovqatlaniş, transport va maişiy xizmat körsatiş sohalarida plastik kartalar va boşqa turdagi kontaktsiz tölovlarni aylanma daromad soliğini hisoblaş bazasiga kiritmaslik taklifi bildirildi.

👉 100 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomani qisqartirib, xabardor qiliş tartibiga ötkaziş, yana köplarini soddalaştiriş, 14 ta hujjatni beriş muddatlarini 2 baravargaça qisqartiriş mumkin. Uşbu çoralar natijasida tadbirkorlar yiliga 125 milliard söm iqtisod qiliş imkoniga ega böladi.

👉 Öz navbatida, korrupsion va yaşirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlikni kuçaytiriş zarurligi aytildi.

👉 Korrupsiya va yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişda asosiy kuç biznes va jamoatçilikdir. Şu bois jamiyatda bu illatlarga nisbatan nafrat tuyğusini şakllantiriş, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning salbiy oqibatlarini yoritib boriş muhimligi qayd etildi.

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek