AOKA Qoraqalpog‘istondagi jurnalistlar bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi

Matn27-iyul, 2020, 19:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinçi örinbosari Dilşod Saidjonov Qoraqalpoğistondagi OAVlar bilan boğliq vaziyat yuzasidan bayonot berdi. Unda şunday deyiladi:

«Şu kunlarda bir qator OAV va ijtimoiy tarmoqlarda “Repost.uz” naşri maʼlumotiga tayanib, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi Raisi M.T.Yerniyazovning vafoti haqida notöğri axborot tarqatgan Makan.uz, Kruz.uz internet naşrlari hamda Kar24.uz veb-sayti xodimlari Qoraqalpoğiston prokuraturasi tomonidan tungi soat 1:00da uyidan olib ketilib, tuşuntiriş xati yozişga majbur qilingani hamda noutbuk va mobil telefonlari olib qöyilgani töğrisida xabarlar tarqaldi.

⚖️ Agentlik öz vakolati doirasida uşbu vaziyatni örganib çiqib, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xatti-harakatlariga huquqiy baho berilişi yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşiga yozma murojaat yubordi.

❗️Mazkur murojaatda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 10, 14-moddalari, Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 88-moddasi talablarini çetlab ötişgani alohida qayd etilib, jurnalistlarni söroq qiliş zarurati paydo bölganda JPKning 97-moddasiga asosan dastlab çaqiruv qoğozi yuboriş tartibotiga amal qiliş söraldi.

🔎 Şuni ham alohida taʼkidlaşni istardikki, Makan.uz, Kruz.uz va Repost.uz (xaker hujumiga uçraganligi örganilmoqda) Internet-OAVlari amaldagi qonunçilikka muvofiq eʼlon qilinayotgan axborotning töğriligini tekşirib körmasdan qonunga zid harakat qilişgan. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasida OAV özi tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uçun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda javobgar ekani belgilangan. Şuning uçun Agentlik ularga tegişli taqdimnomalar jönatdi.

❌ Jurnalistlarga nisbatan ötkaziladigan har qanday tazyiq yoki bosim Özbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan oçiqlik siyosati hamda söz erkinligi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarga mutlaqo töğri kelmaydi. Yuqoridagi kabi holatlarning sodir bölişi Özbekistonning xalqaro imijiga putur yetkazişi hamda davlat organlariga nisbatan işonçsiz munosabatlar vujudga kelişiga ham sabab bölişi mumkin.

✅ Şuning uçun, davlat organlari ham, OAV va blogerlar ham axborot sohasidagi qonunçilikka böysunişi şart, tomonlar örtasida paydo böladigan har qanday nizoli vaziyat mavjud qonunlar, şuningdek, sud tizimi doirasida hal qilinişi zarur».

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing