Xakimbay Xalimov vafot etdi
Bugun Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi bölim boşliği, 3-darajali Davlat adliya maslahatçisi Xalimov Xakimbay Aşiroviç vafot etibdi. Bu haqda Boş prokuratura Matbuot kotibi Xayot Şamsutdinov maʼlum qildi.
Aytişlariça, Xakimbay Aşiroviçda bir neça kun avval koronavirus infeksiyasi aniqlangan ekan.
Xakimbay Aşiroviç uzoq yillar prokuratura organlarida samarali mehnat qilgan. Xususan, u Boş prokuror örinbosari, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori lavozimlarida işlagan. Şuningdek, 2017-2019-yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq qabulxonasi boşliği sifatida ham faoliyat olib borgan. Juda samimiy va köngli oçiq inson edi.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun. Marhumning yaqinlariga hamdardlik va sabr-toqat tilayman.



