Isitmasi bor va karantindagi abituriyentlar uçun tartib

Video22-iyul, 2020, 18:305 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Köpçilikni qiziqtirayotgan savollarga javoblar:

#abituriyent

❓ testga kirişda abituriyentning tana harorati baland bölsa, unda nima böladi?

Javob: isitmasi borlar testga qöyilmaydi, ular uçun barça test jarayonlari tugagandan keyin, 4 kun ötib, qayta test ötkaziladi.

❓ agar abituriyentda koronavirus aniqlansa, unda ular nima qiladi?

Javob: agar test kunigaça tegişli taşkilot uning soğayganligi haqida maʼlumot bersa, testga qöyiladi. Yöqsa, testga kiritilmaydi.

❓ abituriyent ayrim sabablarga köra, karantinga olinib qolsa, unda nima böladi?

Javob: agar özining test kunida karantinda bölsa, barça testlar yakunlangandan 4 kun ötib böladigan qöşimça testga kirişi mumkin. Agar qöşimça test kunida ham karantinda bölsa, unda testdan qolib ketadi.

❓ koronavirusga çalingani yoki karantindaligi uçun testga kira olmay qolgan va ötgan yillarda bitirgan abituriyent tomonidan qilingan tölov qaytariladimi?

Javob: yöq, qaytarilmaydi. Çunki unga baribir tegişli xarajatlar qilib qöyilgan böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek