Musa Yerniyazovning taʼziya marosimi bölib ötdi
Nukus şahrida Özbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan taʼziya marosimi bölib ötdi.
Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, marhumning oila aʼzolariga, xalqimizga çuqur hamdardlik bildirdi.
Şuningdek, marosimda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi raisi Qahramon Sariyev, Qoraqalpoğiston Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining örinbosari, Oliy Majlis Senati aʼzosi Şarap Usnatdinov, «Qoraqalpoq adabiyoti» gazetasi boş muharriri, Oliy Majlis Senati aʼzosi Guliston Annaqliçeva, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Özbekiston yoşlar işlari agentligining Qoraqalpoğiston bölimi rahbari, Oliy Majlis Senati aʼzosi Abatbay Daniyarov Musa Yerniyazovning el-yurt manfaati yölidagi serqirra faoliyati, odamlarga yaxşiliklarini esga oldi.


