Davlat taşkilotlarini qayta taşkil etişdagi muammolar

Matn27-iyul, 2020, 20:052 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ayrim islohotlar haqida

👉 2019-yil 9-sentabr

Soğliqni saqlaş vazirligining Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tugatildi va uning negizida 2 ta taşkilot, yaʼni:

1) Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi

hamda

2) Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi taşkil etildi.

Oradan 10 oy ötdi

👉 2020-yil 25-iyul

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (1) hamda Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik agentligi (2) tugatildi.

Uşbu ikkita taşkilot örniga Sanitariya-epidemiologiya xizmati taşkil etildi.

***

Biz juda boy mamlakat emasmiz. Iqtisodiyotimiz haminqadar. Xöp, unda nima uçun juda köp behuda islohotlarga pul sarflanyapti? Masalan, 1 ta taşkilotni tugatib, uning örniga 2 ta taşkilotni tuziş va yana 10 oy ötgaç yangi tuzilgan 2ta taşkilotni tugatib, örniga yana öşa eski bitta taşkilotni tuzişdagi taşkiliy jarayonlarning öziga davlat byudjetidan ança-munça mablağ ketgandir?

Töğri, bitta sohaga masʼul davlat idorasi aslida bitta bölişi kerak, yöqsa xuddi çöpon köp bölsa, qöylar harom ölgandek, bir-birini takrorlovçi davlat idoralari ham köp bölsa, samara bölmaydi, deyişimiz mumkin. Mayli, bunisiga roziman. Lekin unaqada 10 oy oldin nima uçun bu islohot qilingandi? Öşa payti nima öylangandi? Kimlar bu nomaqbul taklifni ilgari surgandi? Özini oqlamagan tizimni taklif qilganlar, şuni işlab çiqqanlar hisob bermaydimi?

Öxşasa öxşadi, öxşamasa yana ortga qaytaraveramiz, degan kayfiyat ortidan qilingan budjet xarajatlari yana soliq tölovçilar çöntagiga zarar böladi.

Oldin ham bu haqda kanalimda bir yozgandim, davlat taşkilotlari portfeli şişib bormoqda, bu esa hozirgi moliyaviy inqiroz paytlarida juda bilinadi. Keraksiz oçib taşlangan taşkilotlar byudjetga yuk bölişi mumkin.

***

Ha, aytgança, mabodo qaçondir moliya sektori rahbarlari iştirokidagi brifingda qatnaşib qolsam, sörayman deb niyat qilib qöygan bir savolim bor: davlat taşkilotlarining nomini özgartiriş uçun byudjetdan taxminan qança xarajat qilinadi?

Şundoq ham yeçilişi katta mablağ talab etadigan ijtimoiy muammolarimiz tiqilib yotgan bir paytda taşkilotlar nomini özgartiriş şartmi, undan köra öşa idoraning iş uslubini özgartirsak bölmaydimi?

Nasib qilsa şu savollarni berarman, qanaqa javob olişim hozirça qoronğu.

Şunçaki misol uçun:

👉 2016-yil 22-fevral

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vazirligi => Mehnat vazirligi etib qayta taşkil etildi.

Oradan 1 yilu 3 oy ötdi

👉 2017-yil 24-may

Mehnat vazirligi => Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta taşkil etildi.

***

👉 2019-yil 10-yanvar

Iqtisodiyot vazirligi => Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta taşkil etildi.

Oradan 1 yilu 2 oy ötdi

👉 2020-yil 26-mart

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi => Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi etib qayta taşkil etildi.

Xulosa özingizdan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek