Şavkat Mirziyoyev: QQS 12 foizga tuşiriladi
Şavkat Mirziyoyev: «QQS 12 foizga tuşiriladi»
«Biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytiriş, soliq turlari va uning yukini kamaytiriş böyiça, tizimli işlarimizni izçil davom ettiramiz.
Yaxşi bilasizlar, 2020-yilda qöşilgan qiymat soliği stavkasini 20 foizdan 15 foizga tuşirgan edik. Bu – 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion söm mablağ qoladi, degani.
Endi, zarur tayyorgarlik körgan holda, 2023-yildan boşlab, uşbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tuşiramiz.
Kelgusi yili korxonalarning mol-mulk soliği stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi va buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 milliard söm mablağ qoladi.
Yana bir yangilik – 2023-yildan yuridik şaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlaştirib, yagona köçmas mulk soliği joriy qilinadi.
Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikatsiya kabi tadbirkorlik yönalişlarida foyda soliği stavkasi har xil bölib, ular amaldagi 20 foizdan 15 foizga tuşiriladi va barça tadbirkorlar uçun bir xil böladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈

