Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Qorako‘l tumani talaba bo‘lish ko‘rsatkichi bo‘yicha yetakchi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

Abituriyentlari talaba böliş foizi böyiça Qoraköl tumani mamlakatda yetakçi böldi

Test sinovlariga oid turli qiziqarli statistikalarni berib borayotganimizdan xabaringiz bor. Hozirgi postimizda abituriyentlari talaba bölişda yuqori körsatkiçga erişgan tuman/şaharlar haqida maʼlumot beramiz.

Uşbu körsatkiç böyiça Buxoro viloyatining Qoraköl tumani eng yuqori natijani qayd etdi. Tumandagi 4 ming 734 nafar abituriyent yoşlarning 30,3 foizi, yaʼni 1 ming 435 nafari talaba böliş baxtiga muyassar böldi. Darhaqiqat, Qoraköl tumanidagi taʼlim sifati ança yuqoriligi heç kimga sir emas. Özbekiston Xalq öqituvçisi rahmatli Töxtamurod Jumayev asos solgan «Qoraköl maktabi» va taʼlim beriş metodologiyasi butun Özbekistonga, hattoki boşqa davlatlarga ham maşhur desak, mubolağa bölmaydi.

Masalan, joriy yilda Qoraköl xalqaro matematika maktabini bitirgan 74 nafar öquvçining barçasi 100% talaba bölgan bölsa, Qoraköl akademik litseyining 220 nafar bitiruvçilaridan 217 nafari (98,6%) talaba bölgan.

Eʼtiborli tomoni, talaba böliş foizi böyiça 2 va 3-örinlarni ham Buxoro tumanlari egallagan. Olot tumani abituriyent yoşlarining 29,9 foizi, Ğijduvon abituriyentlarining 29,1 foizi talaba bölişgan.

TOP-20 reytingga qaraydigan bölsak, Buxoroning 7 ta, Farğonaning 6 ta tumani eng yaxşi körsatkiçga ega bölgan.

Quyida abituriyentlari talaba böliş foizi böyiça TOP-20 reyting bilan tanişişingiz mumkin:

1. Qoraköl — 30,3%
2. Olot — 29,9%
3. Ğijduvon — 29,1%
4. Qiziltepa — 28,5%
5. Şofirkon — 28,2%
6. Boğdod — 28,1%
7. Buvayda — 28%
8. Peşku — 27,9%
9. Kegeyli — 27,8%
10. Vobkent — 27,4%
11. Nukus — 27,3%
12. Qanliköl — 27,2%
13. Navoiy ş. — 26,4%
14. Mirzo Uluğbek — 26,3%
15. Danğara — 26%
16. Buxoro ş. — 25,9%
17. Rişton — 25,8%
18. Konimex — 25,6%
19. Yozyovon — 25,5%
20. Özbekiston t. — 25,2%

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek