Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Talaba böliş körsatkiçi eng past tuman va şaharlar

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

ANTIREYTING: talaba böliş körsatkiçi eng past bölgan tuman/şaharlar röyxati

Xabaringiz bor, kanalimiz orqali mandat.dtm.uz saytida qayd etilgan test natijalariga oid turli statistik maʼlumotlarni eʼlon qilib boryapmiz. Jumladan, örtaça ball böyiça eng yaxşi körsatkiç viloyatlar orasida Buxoroga, tumanlar orasida Buvaydaga tegişli ekanligi, abituriyent yoşlari talaba böliş foizi böyiça Qoraköl tumani yurtimizda peşqadam ekani haqida aytgandik.

Endi faqat yaxşi reytinglar emas, balki yomonlari haqida ham biroz gaplaşsak.

Abituriyentlari talaba böliş foizi böyiça Özbekistondagi eng yomon körsatkiç Sirdaryo viloyati Baxt şahriga tegişli. Şaharning atigi 10,9% abituriyenti talaba böla olgan. Keyingi örinlarda Farğonaning Söx (11,5%) hamda Toşkent viloyatining Çinoz (12,1%) tumanlari egallagan.

Yodingizda bölsa, barça yaxşi reytinglarda Buxoro va Farğona viloyatlari yetakçi edi. Yomon reytinglarning barçasida esa Toşkent viloyati "yetakçi". Xususan, talaba böliş foizi eng yomon 20 ta tuman/şaharning 10 tasi, yaʼni teng yarmi Toşkent viloyatiga tegişli. Qolgan tumanlarda ham ahvol yaxşi emas. Butun viloyat böyiça faqat Çirçiq şahri 21,9% natija körsatgan, qolgan barça 21 ta tuman/şahar 20% dan past natija körsatgan.

Umuman Toşkent viloyatidagi xalq taʼlimi sifati haqida jiddiyroq qayğuriş kerak, menimça.

Quyida abituriyentlari talaba böliş foizi böyiça eng yomon natija körsatgan tuman/şaharlar antireytingi bilan tanişişingiz mumkin:

1. Baxt ş. — 10,9%
2. Söx — 11,5%
3. Çinoz — 12,1%
4. Toşkent t. — 12,3%
5. Nurafşon ş. — 12,6%
6. Möynoq — 13,1%
7. Oqqörğon — 13,1%
8. Quyiçirçiq — 13,2%
9. Yangiyöl t — 13,3%
10. Örtaçirçiq — 13,8%
11. Zangiota — 14,2%
12. Qorasuv — 14,5%
13. Andijon ş. — 14,6%
14. Şerobod — 14,8%
15. Yangiyöl ş. — 14,8%
16. Oqoltin — 15,1%
17. Sirdaryo t. — 15,2%
18. Denov t. — 15,3%
19. Andijon t. — 15,4%
20. Ohangaron t. — 15,5%

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek