Paralimpiyaçilar jasorati va Asila Mirzayorova ibrati
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzИнсон бирон нарсани йўқотса, қайғурмаслиги керак. Фақат ниятни йўқотса, қайғуриши керак. Чунки, ҳар қандай хайрли иш пок ният билан ижобат бўлади — Ҳаким ат Те…Paralimpiyaçilarimiz haqida köp gapirdik, ularni matonat timsoli sifatida körsatdik. Lekin şunday bölsa-da köpçilik baribir ularning jasoratini tölaqonli his qila olgani yöq.
“Ha, nima böpti, qaysidir musobaqaga borib, yutib kelişibdi, şunga şunçami” deb öylayotganlar ham yöq emas.
Ammo gap faqat musobaqada, medalda emas. Gap ularning tanlagan hayot yölida, irodasida, ruhiyatida, sabr-toqatida. Uşbu sportçilarning nimasi bizlarga ibrat ekanligini odamlar yaxşiroq tuşunişi uçun ular haqida kino va seriallar olinişi, turkum körsatuv va roliklar tayyorlanişi kerak.
Men birgina misol aytay. Uzunlikka sakraş böyiça kumuş medal sohibi, közi ojiz sportçilar orasida Özbekiston tarixida ilk medalni qölga kiritgan Asila Mirzayorovaning tarixini, hayotiy hikoyasini eşitganimda, taʼsirlanib rosa yiğladim. Hatto uydagilarim “nima böldi, tinçlikmi”, deb hayron bölişgandi.
Bu yiği kimgadir rahmim kelganidan emasdi, aslo. Aksinça özimdan uyalib yiğladim, hayotimga razm solib, naqadar noşukrligimni, Alloh bergan neʼmatlarga yetarli darajada şukrona aytmayotganligimni, baʼzan arzimagan kiçik masalalar uçun ham norozi bölib, siqilib yurişimni öylab, vijdonim qiynalib yiğladim. Şundoqqina yon atrofimda menga öz hayoti bilan namuna böladigan minglab insonlar borligini körib, his qilib yiğladim.
Sal keyinroq sizlarga ham aynan nimadan taʼsirlanganimni bafurja aytib bermoqçiman. Balki kimlargadir ibrat bölar bu.
👉 @xushnudbek 👈

