2025-yilgi Paraosiyo öyinlari Toşkentda ötkaziladi

Foto19-noyabr, 2021, 16:431 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yoşlar örtasida 2025-yilgi Paraosiyo öyinlari Toşkent şahrida ötkaziladi

Bu haqda 17-noyabr kuni Osiyo Paralimpiya qömitasi Ijroqömi tegişli qarorni qabul qilgan.

Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi Turzim va sport vazirligining qöllab-quvvatlaşida Yoşlar örtasida Paraosiyo öyinlarini 2025-yilning sentabr oxiri va oktabr boşida ötkaziş töğrisida ariza bergan edi.

«Bir qator kuçli takliflar körib çiqildi. Lekin ğolib faqat bitta bölişi mumkin va biz Toşkentni tanladik. Markaziy Osiyo mintaqasi özining birinçi yirik mintaqaviy öyinlarini ötkazişidan juda mamnunmiz va umid qilamizki, bu mintaqada para-sportni rivojlantiriş uçun katalizator bölib xizmat qiladi», — dedi OPQ prezidenti Majid Raşid.

Avvalroq 2025-yilda yoşlar örtasida IV Osiyo öyinlari ham Toşkentda ötkazilişi maʼlum qilingandi. Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadovning yozişiça, şu paytgaça heç qaysi davlatda yoşlar örtasidagi Osiyo va Paraosiyo öyinlari ketma-ket ötkazilmagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek