Farğonada ota-bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
Farğonada ota-bola is gazidan zaharlanib vafot etdi
Maʼlum bölişiça, 17-noyabrdan 18-noyabrga ötar keçasi Farğona tumani, Gulşan MFY, Samo köçasidagi uylarning birida istiqomat qiluvçi 62 yoşli X.A (erkak) va birga yaşovçi 31 yoşli öğli X.B yaşaş xonadonida is gazidan zaharlaniş natijasida hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Şu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida, Sizdan xonandoningiz va boşqa binolardagi gaz anjomlarida gaz sizib çiqiş holatlari bor yoki yöqligiga eʼtiborli bölişingizni, olovdan foydalanişda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilişingizni söraymiz», – deyiladi xabarda.
P.S.: ming afsuski, yurtimizda har yili avtohalokatlar va is gazidan vafot etayotganlar soni qirğinbarot uruş bölayotgan ayrim mamlakatlardagi ölimlar sonidan köproq. Xudoga şukrki, osmonimiz musaffo va yurtimiz tinç, ammo…
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


