Is gazidan ehtiyot böliş böyiça tavsiyalar
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Manba:Xushnudbek.uz
Hurmatli fuqarolar! Is gazidan ehtiyot böling!
Statistik maʼlumotlarga köra, respublikada söngi uç yil içida kuzgi-qişki isitiş mavsumida sodir bölgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlaniş holatlari bilan boğliq.
❗️Baraka topgurlar, iltimos, isitiş anjomlaridan töğri foydalaninglar, hayotingiz bu darajada arzon emasku axir.
Is gazi organizmga nafas aʼzolari orqali taʼsir etadi. Uşbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuçli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning töqimalarga kislorod taşiş xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, oğir holatlarda esa - anoksiyaga olib kelişi hamda şu tariqa inson hayotdan köz yumişi mumkin.
Tahlillarga köra, is gazidan zaharlaniş holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga köra yuzaga kelmoqda:
👉 fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilği (kömir, ötin va boşqa) turlaridan foydalanişda xavfsizlik çoralariga rioya etmaslik;
👉 nostandart (qölbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bölmagan isitiş peçlari va anjomlaridan foydalaniş;
👉 isitiş peçlarining dudburonlarini notöğri örnatiş;
👉 gaz yoki boşqa muqobil yoqilğiga moslaştirilgan isitiş peçlari (anjomlari)ni dam oliş (uxlaş) xonalariga olib kiriş;
👉 havo almaşmaydigan xonalarni isitişda oçiq olov (kömir va ötin çöğlari)dan foydalaniş;
👉 havoni almaştiruvçi şamollatiş şaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (tösib) qöyiş.
Yuqorida körsatib ötilgan sabablarga köra isitiş uçun foydalanilayotgan yoqilği (gaz, kömir, ötin va boşqa)ni çala yonişi natijasida is gazi hosil böladi.
Bunday sabablarning kelib çiqişiga yöl qöymang! Is gazidan zaharlanişdan ogoh böling!
Quyidagi suratlardagi maslahatlarga amal qiling!
Favqulodda holatlarda quyidagi raqamlarga qönğiroq qiling:
101 - Yonğin xavfsizligi xizmati
103 - Tez tibbiy yordam
104 - Gaz avariya dispetçerlik xizmati
1050 - Qutqaruv xizmati
👉 @xushnudbek 👈

