Yunusoboddagi 5 talaba is gazidan zaharlanib vafot etgan
Yunusoboddagi 5 talabaning ölimiga is gazidan zaharlaniş sabab bölgan
Bir yöla 5 nafar talaba-yigitlarning Toşkentdagi ijara uyida nomaʼlum moddadan zaharlanib vafot etişi hodisasi böyiça JKning 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.
Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertizasi xulosalari eʼlon qilindi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.
Unga köra, beşala yigitning bari «is gazidan ötkir zaharlaniş natijasidagi ötkir nafas va yurak qon-tomirlari yetişmovçiligi» oqibatida vafot etgan.
Eslatib ötamiz, marhumlarning 3 nafari Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, bir nafari Singapur menejment va yana bir nafari Inxa universiteti talabalari edi.
👉 @xushnudbek 👈

